STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 007 (On the winner’s side)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

7. G'olib tomonda


Filistinlar Isroilliklarga qarshi yana urushga ketdilar. Dovudning akalari hujumning oldingi qatorida edilar. Dovud ularga ovqat olib borishi va ularni ahvolini bilishi kerak edi. U urush bo’layotgan joyga kelganida Filistinlarning haqiyqiy bo’yi taxminan uch metrcha keladigan baland bahaybat jangchisini ko’rdi. Uning ismi Go’liyot edi. U Isroilliklarni so’kar va lanatlar edi. Hamma lashkarlar, hatto Shoh Shoul ham undan qo’rqishar edi.

Xudo hammadan kuchliligini ular eslaridan chiqardilarmi?

Go’liyot: “Hey, ahmoq Isroilliklar! Ha, qo’rqoqlar! Hahaha! Men senlarni ko’kdagi qushlarga yem qilaman. Senlarning Xudolaring yordam berolmaydi. Men Undan kuchliman.”

Dovud: “Buni hammalaring eshitdilaringmi? U Xudoning ustidan kulyabdi. Sizlar unga shunday qilishiga yo’l qo’yabsizlarmi?”

Dovud Filistinning bu haqoratidan xafa bo’ldi. Isroilliklarni ustidan kulish boshqa narsa, lekin Xudoning ustidan kulish boshqa narsadir. Go’liyot o’zidan ketib qolibdi!

Dovud darhol Shoh Shoulni yoniga bordi va bahaybat Go’liyot bilan jang qilishini aytdi.

Dovud jiddiy qaror qilgan edi. U tayog’ini, haltasini, palaxmonini va silliq toshlarni olib Go’liyot tomon ketdi.

Xudo kuchlidir – bu Dovudga dalda bo’ldi.

Cho’pon bolani ko’rgan ko’p lashkarlar ko’zlariga ishonmas edilar; Ularning nafaslari ichiga tushgancha nima bo’lishini kutib turardilar.

Go’liyot yaqin va yaqin kelardi.

Go’liyot: “Men itmidimki ustimga tayoq bilan chiqyabsan? Xudoying seni himoya qiladi deb o’ylasanmi? Hahaha, men Undan kuchliroqman. Men seni o’ldiraman.”

Dovud: “Sen qilich, nayzayu xanjarlar bilan ustimga bostirib kelyabsan, lekin men sen haqoratlagan Sarvari Olamning nomi bilan ustinga bostirib kelyabman. U sendan kuchlidir! Men seni o’ldiraman va butun dunyo Isroil tirik Xudoga xizmat qilishini ko’radi.”

Dovud palaxmonini olib ichiga tosh solib aylantirdi … (palaxmon ovozini qiling)

Go’liyot: “Oooooooooh!” (yiqilganni ovozini qiling)

Dovudning palaxmonidagi tosh Go’liyotning naqt peshonasiga tegib o’yib kirdi. Go’liyot yerga yiqilib o’ldi.

Go’liyotni Xudoni haqoratlashi qanday yaxshilik olib keldi? Oxirida kim eng kuchli bo’ldi?

Xudo kuchlidir!


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Go’liyot, Dovud

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:25 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)