STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 001 (Jesus loves children)

This page in: -- Arabic -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

1. Iso bolalarni sevadi


Mehmonlar Shved malikasini oldiga tashrif buyirib: “Marhamat qilib bizga qimmatbaho boyliklaringizni ko’rsata olasizmi?” – deb so’radilar. „Albatta“ – deb javob berdi malika va tashqariga chiqib ikkita bolani olib keldi. Bu bolalarni olib kelib mehmonlarga kulib: “Bular mening boyliklarimdir“ – dedi. Brilliant va boshqa qimmatbaho toshlarni ko’rishini kutayotgan mehmonlar bolalarni ko’rib hayron bo’ldilar. Lekin malikaga bolalar qimmatbaho toshlardan avzalligini ular tushundilar.

Hamma ham bolalarga mehr berolmasligi to’g’ri.

Lekin men bolalarni sevadigan Rabbiy Isoni bilaman.

Muqaddas Kitob bizga Iso bolalarni duo qilishi va Uni bilib olishlari uchun ota-onalar Isoning oldiga bolalarini olib kelganlari haqida aytadi. Lekin ular Isoning oldiga kelishlaridan oldin g’azablangan ovozlarni eshitdilar.

Shogirdlar: “Nima qilyabsizlar? Boringlar! Bu yerdan ketinglar!”

Qo’rqib ketgan bolalar to’xtab qoldilar. Biror so’z aytishga jur’at etolmadilar. Shavqatsizlarcha bolalarni so’kkan Isoning shogirdlari edi.

Hikoya shu yerda tugamasligidan men xursandman. Iso bolalarni sevadi va to’g’ri yo’lni tutdi.

Iso: ”Bolalarga yo’l qo’yinglar, Mening oldimga kelishiga to’sqinlik qilmanglar! Mana, Xudoning Shohligi bundaylarnikidir.”

Iso bolalarni sevadi U ularni Unga ishonishga va Uni bilib olishga chaqiradi. Va bolalar keldilar …

… sizning yoshingizdagi o’g’il va qizlar

… yomon va yaxshilar

… novcha va bo’yi pastlar

… sho’h va uyatchanglar

… aqlli va omilar

… har xil rangli o’gil va qizlar

Bolalar Iso ularga samimiy do’stona bo’lganligini va marhamatlaganini unutmadilar.

Iso bolalarni sevadi!

Bu bolalarni xursand qildi va ular Iso haqida ko’pchilikka aytdilar.

Va har doim esingizda tursin Iso sizni ham sevadi!

Muqaddas Kitobda Iso: ”Oldimga kelgan odamni quvib chiqarmayman” – deydi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Iso, shogirdlar

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:09 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)