STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 164 (The lost sheep 2) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
164. Yo'qolgan qo'y 2Rayhon xafa bo’lib qochib ketdi. Marg’uba holaning: 'Seni internatga yuboraman' – degan so’zlari uni qulog’ini tagida jaranglab turar edi. Kech kirganda Rayhon uyidan uzoqda edi va u qayerda uxlashini o’ylar edi. Balki qabrstonning orqasidagi jamoatda qolishi mumkindir? Qabr toshlarini bosib o’tib kichkina, oq xochni ko’rib to’xtab qoldi. Rayhon: "'Johana Kamolova, 9 yosh. U Isoning yoniga ketdi.' Agar bugun men ham o’lsam, Iso bilan birga bo’lamanmi?" Chuqur o’y ichida Rayhon jamoat eshigiga yetib keldi (eshikning g’ichirlashi). Keyin u o’rindiqqa o’tirib uxlab qoldi. Ertasi kun cho’pon jamoatga kelganida uxlab yotgan Rayhonni ko’rdi. Cho’pon: "Hayrli tong. Qayerdan kelding?" Rayhon cho’ponga ishonib, qochib kelgani haqida aytib berdi. Cho’pon Jobir Rayhonning holasiga qo’ng’iroq qilgunigacha Rayhon cho’ponning uyida mazali nonishta qilidi. Rayhon devorda osig’liq turgan rasmlarni tomosha qildi. Cho’pon: "Rasmlar senga yoqdimi? Bu Yaxshi Cho’pon Isodir. U adashgan qo’zilarga qo’lini cho’zib turibdi. Iso ularni qutqarishni xohlaydi. Qo’zi menga ozgina seni eslatyabdi." Rayhon: "Iso meni ham topadimi? Keyin men Jahona Kamolovaga o’xshab jannatga boramanmi?" Cho’pon: "Ha, buning uchun sen Isoga Unga tegishli bo’lishni xohlashingni aytsang bo’ldi. Men bu rasmni senga beraman. Uyga qaytib bor. Holang sen uchun havotir olyabdi." Uyga qaytayotib Rayhon rasmni cho’ntagiga solib oldi. Rayhon ibodat qilib ketdi. Rayhon: "Rabbiy Iso, men bo’sunmas qo’ziman. Iltimos meni gunohlarimni kechir. Men Senga tegishli bo’lishni va bir kun jannatda Sen bilan birga yashashni xohlayman. Omin." Iso bunday ajoyib ibodatga darhol javob beradi. Rayhon Isoga minnatdorchilik bildirib, xursandligidan sakrab yubordi. Marg’uba hola eshik yonida Rayhonni kutib turardi. Keyin ular bir-birlarini quchoqlashdi. Rayhon: "Marg’uba hola, meni hamma sizga qarshi qilgan ishlarimni kechiring. Iltimos meni internatga jo’natmang. Men bundan keyin yaxshi bo’laman." Marg’uba Hola: "Men seni yaxshi ko’raman. Kel yana yaxshi munosabat qilishga harakat qilib ko’ramiz." Rayhon haqiqatdan ham harakteri ustida ishladi. Rayhon Yaxshi Cho’pon uning yuragiga Muqaddas Kitob orqali gapirganda u Isoning ovoziga quloq soldi. Uni har doim nato’g’ri yo’lga boshlaydigan mag’rurlik ovoziga quloq solmadi. Rayhon haqiqatdan o’zgardi. Bir muncha vaqt hamma narsa yaxshi bo’ldi, lekin keyin … Bu qiziq hikoya qanday davom etishini aytganimda, uni eshitish yodingizda tursin. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Rayhon, Cho’pon, Marg’uba hola © Copyright: CEF Germany |