STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 165 (The secret place is taken 3) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
165. Sirli joy olinadi 3Rohila (xursand bo’lib): "Marg’uba Hola, cho’pon Jabboraka meni taklif qildi. Men egizaklarni ham o’zim bilan olib bormoqchidim. Maylimi? Iltimos yo’q demang!" Marg’uba Hola: "Afsuski men bunga ruxsat berolmayman. Men Muborakxonga sen uning jiyani bilan o’ynab turishingni va’da berganman." Rohila: "Lekin men buni xohlamayman! Men u qizni yomon ko’raman! Men o’zim xohlagan narsani qilaman!" Marg’uba Hola: "Rohila, xonanga bor. O’ylaymanki sen o’zgarishing kerak." Rohila: "Men o’zgarmayman!" (eshikni qattiq yopilishi) Lekin Rohila o’zgargan edi. U o’zini krovatiga tashlab achiq-achiq yig’ladi. Marg’uba Hola: "Rohila, senga nima bo’ldi?" Rohila (yig’lab): "Men yana yomon qizman. Yaxshi Cho’pon Iso meni hali ham sevadimi? Marg’uba hola, Iso meni kechiradi deb o’ylaysizmi?" Marg’uba Hola: "Albatta, Rohila. Agar sen chin dildan afsuslanib, Isodan kechirim so’rasang, U seni kechiradi." Rohila ibodat qildi. Holasidan ham kechirim so’radi. Keyin u toza vijdon bilan ertangi kunni kutib uxlab qoldi. Rohila va Farxod Yovvoyi o’rmondagi yashirin joylariga borishni rejalshtiryotgan edilar. Saharlab opa ukalar o’rmonga qarab ketdilar. Ularning kapachalari qanday qurgan bo’lsalar har doim shundayligicha turar edi. Farxod ichkariga kirib, shu zahotiyoq qaytib chiqdi. Farxod: "Ichkarida kimdir bor ekan! Hoy, hoziroq tashqariga chiq! Bu bizning kapamiz." Erkin: "Menga boshqa sizlarning kapalaring kerak emas. Men o’zimga yaxshirog’ini qurib olaman." Eski ko’ylak va yirtiq ishton kiyib olgan bola ularning kapalaridan tashqariga chiqdi. U taxminan o’n yoshlarda edi. Farxod va Rohilaga Erkin darhol yoqib qoldi. Erkin ularning eng yaxshi do’sti bo’lib qoldi. Ular Erkin bilan yeguliklaridan bo’lishdilar, u esa ularga yovvoyi o’rmonning ko’p sirlarini ko’rsatdi. Erkin maymunga o’xshab tepaliklarga chiqolar edi. U uchun hech qaysi daraxt baland emas edi. Farxod: "Erkin to’xta! Unday balandga chiqma! Shoh juda ingichka-ku!" (shohning sinish ovozi) Shoh sinib Erkin yerga yiqilib tushdi. U yerda qimirlamay yotardi. Farxod: "Rohila, u hali ham tirik deb o’ylayman. U bilan qol, men borib, yordam chaqirib kelaman." Rohila Erkin uchun qo’rqdi va ibodat qildi: Rohila: "Rabbiy Iso, iltimos Erkinni o’lishiga yo’l qo’yma. U Sening qo’ylaringdan biri bo’lishi uchun, men unga Sen haqingda aytishni xohlayman." Va nihoyat yordam keldi. Erkinni ehtiyot qilib shifoxonaga olib ketishdi. Farxod: "Rohila, Erkin o’ladi deb ishonasanmi?" Siz bu haqida keyingi hikoyada eshitasiz. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Rohila, Marg’uba hola, Farxod, Erkin © Copyright: CEF Germany |