STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 161 (Can the dead live 2) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
161. O'lik odam yashay oladimi 2Agar Iso ibodatingizga siz xohlaganingizdek javob bermasa nima qilasiz? Siz Isodan xafa bo’lib boshqa ibodat qilmaysizmi? Marta hatto akasi o’lib qolganda ham bunday qilmadi. Iso kelganda Lazar allaqachon ko’mib bo’lingan edi. Marta: "Iso, agar Siz bu yerda bo‘lganingizda edi, mening akam o‘lmagan bo’lardi." Iso: "Lazar tiriladi." Marta: "Bilaman, oxiratda o‘liklar tirilganda tiriladi." Iso: "Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi. Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi?" Marta: "Ha, Hazrat, Siz olamga keladigan Masih, Xudoning O‘g‘li ekaningizga ishonaman." Isoga ishonish bu har doim zo’rdir. Hatto ba’zida siz Isoni tushunmasangiz ham, Isoga ishonish bu har doim zo’rdir. Marta uyiga yugurib ketdi. Marta: "Maryam, Iso shu yerda, U seni chaqiryapti." (yugurishning ovozi) U nimaga uning akasi o’lishi kerakligini tushuna olmas edi. U ko’zi to’la yosh bilan yugurib keldi. Maryam: "Iso, agar Siz bu yerda bo‘lganingizda edi, Lazar o‘lmagan bo’lardi." Iso: "Lazarni qayerga ko’mdilaring?" Maryam: "Yuring men Sizga ko’rsataman." Yig’layotganlar katta tosh bilan berkitib qo’yilgan qabr tomon ular bilan birga ketdilar. U yerda Iso ham yig’lab yubordi. Kishi: "Iso yi’g’layabdi. U Lazarni qanchalik yaxshi ko’rar ekan-a." Kishi: "Unda nimaga Lazarni o’lishiga yo’l qo’ydi?" Iso: "Toshni o’lib tashlanglar." Marta vahimaga tushib, dedi: Marta: "Hazrat, jasad hidlanib qolgan–ku! Axir, qabrga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘ldi!" Iso: "Marta, agar ishonsang, Xudoning ulug‘vorligini ko’rasan." Hatto eng yomon hodisa sodir bo’lsa ham, Isoga ishonish har doim zo’rdir. Hatto ba’zida siz Isoni tushunmasabgiz ham, Isoga ishonish har doim zo’rdir. Kishilar toshni olib tashlashdi. Iso osmonga ko’z tikib, dedi: Iso: "Ota, Siz har doim mening ibodatlarimni eshitasiz. Lazar! Tashqariga chiq!" Mo’jiza sodir bo’ldi. Jasad qabrdan chiqib keldi! Ko’plar buni ko’rib Isoga ishondilar. Nima bo’lishiga qaramasdan, Isoga ishonish har doim zo’rdir. Siz Isoga ishonasizmi? Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Marta, Iso, Maryam, ikkita kishi © Copyright: CEF Germany |