Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 140 (Dream job 1)
140. Tushning ishi 1
Ehtiyot bo’l choy issiq (qoshiqda choyni aralashtirish ovozi).
Halimjon tilini allaqachon kuydirib olishga ham ulgurdi. Ularning uylarida choy ichish vaqti edi. Ular maroq bilan 150 yil oldingi voqealarni eshitar edilar.
Otasi har doim ularga o’sha paytlardagi uzoq yurt Hitoyda bo’lgan voqealar haqida aytib berar edi. Birdan otasi jiddiy bo’lib:
Otasi: "Men bir narsani tushunmayman. Nimaga ko’proq xizmatchilar Hitoyga bormaydilar? Juda ko’p Hitoyliklar hali Iso haqida eshitmaganlar."
Halimjon: "Men katta bo’lganimda Hitoyga xizmatchi bo’lib boraman."
Halimjonning ota-oanasi 5 yoshli o’g’illarining bu gapiga kulib qo’ydilar. Halimjon tez-tez kasal bo’lardi. U xizmatchi bo’lishi mumkin emas edi. Halimjon maktabga bora olmagani uchun, onasi unga uyda ta’lim berardi.
Halimjon kitob o’qishni juda yoqtirar edi.
Halimjon: "Qaniydi tunda ham kitob o’qiganimda. Bunday qilolmayman, chunki oyim har doim chiroqni o’zi bilan olib chiqib ketadi. Men eski shamdan bir ikkita topaman."
O’sha kechasi Halimjon hayrli tun tilab, yotishdan oldin yashirincha cho’ntagini eski shamlar bilan to’ldirdi va honasiga kirib ketdi. Lekin omadi yurishmadi! Ularnikiga kelgan bir mehmon Halimjonni u bilan birpast o’tirishga chaqirdi. Ular ochiq pechka yonida suhbatlashib o’tirishdi. Bu paytda Halimjon issib ketdi va cho’ntagidagi shami ham eriy boshladi. Har bir daqiqalar Halimjonga soatlardek tuyulardi.
Onasi: "Halimjon, endi uxlash vaqti keldi."
Halimjon: "Hayrli tun!"
Ozginadan so’ng onasi Halimjonning xonasida Halimjonning cho’ntagidagi erib ketgan shamlarni topdi. Halimjon onasining orqasiga yashirinib kechirim so’radi. Halimjon yana hech qachon bunday qilmadi.
Kitobxonning boshqa qiziqarli mashg’uloti: siynisi Anorani joniga tegish edi.
Lekin ular ko’proq ajiralmas edilar va qurt-qumusqalar va qushlarni tekshiruvdan o’tkazar edilar.
Halimjon o’n uch yoshligida dori darmon ta’limini o’rganishni boshladi. U kelajagi uchun katta rejalar tuzdi.
Lekin bir muhim ta’til uning butun hayotini o’zgartirib yubordi. Halimjon Muqaddas Kitobni o’qigach Iso uni sevgani uchun xochda o’lib, qayta tirilganini tushunib qoldi
Halimjon: "Rabbiy Iso, meni sevganing uchun Senga raxmat. Men Senga tegishli bo’lishni xohlayman. Omin."
Bu ibodatdan song, Iso unga: Endi Men uchun Hitoyga bor – deganday bo’ldi.
Halimjon besh yosh bo’lganida xizmatchi bo’lish uning katta orzusi edi.
17 yoshga to’lganida u o’zini kelajakka tayyorlashni boshladi.
Uning tayyorgarligi sizni qiziqtiryotgan bo’lsa kerak.
Keyingi hikoyada men ko’proq aytib beraman. Siz buni eshitishni qoldirmang!
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Otasi, Halimjon, Onasi
© Copyright: CEF Germany