STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 139 (The King’s invitation 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

139. Shohning taklifnomasi 2


Shohning aravalari ko’chalardan yurib borardi. Uylarning pardalar va oynaklari katta ochiq edi. Odamlar qiziqib nima bo’lishini tomosha qilar edilar.

Ayol: "Shohning xabarchilari Lo’davorga keldimi? Bu noyob hodisa-ku!"

Qo’shni: "Ular kimning oldiga keldilar ekan? Hokimni oldiga keldilarmikan?"

Ular hayron bo’lib turishganda, aravalar Mefibosit yashaydigan uyning to’g’risiga kelib to’xtadi.

Shoh Dovud Mefibositni huzuriga taklif qilgan edi. Mefibosit quloqlariga ishonmas edi. Cho’loq, hech narsaga o’zini arzimas deb biladigan odamni shoh taklif qilyabdi! Bu ajoyib bo’lgan bo’lsa kerak.

Hasad qilmang, siz ham taklif qilingansiz. Adolatli, abadiy Shoh sizni taklif qilyapdi. Iso shohlarning Shohidir! Siz ham Mefibositga o’xshagan oddiy inson bo’lib, Mefibosit taklifni qabul qilganini yoqlaysizmi?

Cho’loq bolani shohning oldiga olib ketishdi.

Dovud: "Mefibosit, qo’rqma. Men senga muruvvat ko’rsatishni xohlayman."

Mefibosit: "Lekin men bunga loyiq emasman."

Dovud: "Men senga yer beraman. Xizmatkorlarim yerga ekin ekib, hosil olishadi. Ularning hammasi senga tegishli bo’ladi."

Shoh Dovud Mefibositga sovg’alar berdi.

Abadiy Shoh Iso sizni taklif qilyapdi va sizga sovg’alar taklif qilishni xohlaydi.

Uning in’omlari qimmatbahodir, ular: kechirim, quvonch, tinchlik, abadiy hayot va boshqalar … Men ular ko’pligidan ularning hammasini hatto sanay olmayman.

Isoga keling va bu in’omlardan bahramand bo’ling.

Mefibosit shohning taklifini va g’amho’rligini qabul qilganidan hech qachon afsuslanmadi. Eng asosiysi shohning eng zo’r taklifi shunday bo’ldi.

Dovud: "Mefibosit, sen mening uyimda yashashingni xohlayman."

Ko’rinmas Shoh Iso bilan yashaganga o’xshab, Iso siz U bilan faqat Yakshanba kuni yashashingizni xohlamaydi, aksincha siz U bilan har kuni yashashingizni xohlaydi. Buni siz ham xohlaysizmi? Har doim yuragingiz va hayollaringiz bilan Iso bilan birga yashashni xohlaysizmi?

Iso hayotingizni yaxshi boshqaradi. Men Undan boshqa yaxshiroq shohni bilmayman. Shoh Dovudning taklifi Mefibositning hayotini butunlay o’zgartirib yubordi.

Rabbiy Isoning taklifi sizni hayotingizni tubdan o’zgartiradi.

Iso sizni taklif qiladi va sizga g’amho’rlik qilishni xohlaydi. Iso siz doim U bilan birga bo’lishingizni xohlaydi.

Isoning taklifini qabul qiling. Siz ibodat qilib Unga javobingizni aytishingiz mumkin. Shoh Iso sizni eshitadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ayol, Qo’shni, Dovud, Mefibosit,

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 05:23 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)