STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 132 (Fish and questions at breakfast)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

132. Nonushtadagi baliq va savollar


Hodisa tez sodir bo’ldi. Agar o’sha paytdagi gazetalar bo’lganida, 33 yildagi Fisih bayrami oldingi sahifadan joy olar edi.

Erkak kitobxon: "Iso o’lgan kun butunlay qorong’u bo’lgan."

Ayol kitobxon: "O’liklar tirilib, shaharga kelishibdi."

Erkak kitobxon: "Yer qimirlab toshlar bo’linib ketibdi."

Ayol kitobxon: "Yuz boshi Isoni Xudoning O’g’li ekanligini tan olibdi."

Erkak kitobxon: "Isoning oxirgi so’zlari shunday bo’lgan ekan: Amalga oshdi!"

Ayol kitobxon: "Sahifaga eng katta harflar bilan: Qabr bo’sh! – deb yozib qo’yishibdi."

Bu 'Quddus haqiqati' gazitasi edimi? Yo’q, bu xabarlar Muqaddas Kitobdagi siz o’qishingiz kerak bo’lgan misralardir.

Qabr bo’sh. Iso tirik! Iso tirilgandan keyin shogirdlarining oldiga bordi. Ular hali ham qayg’u chekayotgan va qo’rqayotgan edilar. Lekin ular Isoni ko’rganlarida juda xursand bo’lib ketdilar. Bundan keyin Butrus va boshqa shogirdlar Quddusdan o’zlarining Jalila ko’li bo’yidagi uylariga ketdilar.

Butrus: "Men baliq tutgani ketyabman."

Yuhanno: "Biz sen bilan boramiz."

Ular kechqurun dengizga suzib borishdi. Lekin tunda ular birorta ham baliq tutolmadilar. Yorug’ tushganda Iso qirg’oqda turargan edi. Shogirdlar Uni Iso ekanligini bilmadilar.

Iso: "Yegani biror narsangiz bormi?"

Yuhanno: "Yo’q."

Iso: "To’ringizni qayiqning o’ng tomoniga tashlanglar" (suvni sachrash ovozi).

Butrus: "To’r baliqqa to’ldi!"

Yuhanno: "Bu Rabbimiz Iso-ku!"

Ular quruqlikka yaqin, taxminan ikki yuz tirsak masofadan 153 ta baliq tutdilar.

Iso: "Kelinglar, nonushta qilib olinglar!"

Non va ko’mir ustida pishayotgan baliq tayyor edi. Bu Iso tirilganidan keyin uchinchi bor shogirdlariga zohir bo’lishi edi. Butrusni vijdoni qiynalar edi. U Isodan uch marta tongani haqida o’ylar edi. Ovqatlanib bo’lishgach Iso Butrus bilan gaplashdi.

Iso: "Butrus, Meni yaxshi ko’rasanmi?"

Butrus: "Ha, Rabbiy, Men Sizni sevishimni bilasizku."

Iso: "Butrus, Meni yaxshi ko’rasanmi?"

Butrus: "Ha, Rabbiy, Men Sizni sevishimni bilasizku."

Iso: "Butrus, Meni yaxshi ko’rasanmi?"

Iso uchinchi marta yana shu savolni bergani uchun Butrus xafa bo‘ldi.

Butrus: "Rabbim! Sizhammanarsanibilasiz, men Sizniyaxshiko‘rishimnihambilasiz."

Butrusning bu javobi bugun sizning ham Isoga beradigan javobingizmi?

Iso Butrusni kechirdi. Kim ko’p kechirilsa u Isoni ko’p sevadi!


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Erkak kitobxon, Ayol kitobxon, Butrus, Yuhanno, Iso

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:08 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)