STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 120 (The newcomer 4)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

120. O'zga kishi 4


Latifjon taajubda edi. Uning eng yaxshi o’ymakorlik ishi yerda sinib yotgan edi. Endi u hech qachon mukofatni yutolmaydi. Latifjon boshqalrga o’zining qobilyatini ko’rsatmoqchi edi. Lekin endi uni san’ati yakson bo’lib yotgan edi.

Latifjon Anoradan shubhalandi. Lekin u buni isbot qilolmadi.

Shunda Latifjon toqqa chiqib, daraxtga o’tirib olib nimadir qilar edi.

Kishi: "Sen yaxshi o’ymakor ekansan, bolakay."

Latifjon qo’rqib ketib atrofga qaradi. U kulbada yolg’iz o’zi yashaydigan keksa odam edi. Hamma u haqida gapirar edi. Lekin u odamning samimiy ko’zlari Latifjonni unga ishonishiga sabab bo’ldi.

Kishi: "Yur men bilan, men senga o’ymakorlik ishlarimni ko’rsataman." (eshikning g’irchillagan ovozi)

Latifjon: "Zo’rku! Siz bularning hammasini o’zingiz qildingizmi?"

Kishi: "Bir kun sen ham huddi shunday qilolasan. Balki do’sting uchun ham yasab berarsan."

Latifjon: "Mening do’stlarim yo’q."

Kishi: "Agar senda do’stlar yo’q bo’lsa, unda sen juda sinchkovsan. O’zingning muammong haqida aytib berishni xohlaysanmi?"

Latifjon: "Doniyor cho’loq bo’lib qoldi. Hamma men uni chuqurlikka itarvorgan deb o’ylaydi. Hamma meni yomon ko’radi. Meni hammadan ham ko’ra Anora yomon ko’radi. Men ham uni yomon ko’raman."

Kishi: "Biz hammamiz hayotimizda nato’g’ri ishlar qilamiz, hatto men ham. Ichkilik va qumor o’ynash sababli katta qarzga botib qoldim. Bankni o’maryotgan paytimda ushlab olishdi. Men nima qilishni bilmas edim."

Latifjon: "Yolg’iz edingizmi?"

Kishi: "Men hali ham yolg’izman. Lekin qamoqqa tushgach men Iso bilan yangi hayotni boshladim."

Latifjon: "Qarindoshlaringiz bormi?"

Kishi: "Xotinim o’lgan. Ikkita o’g’illarim meni ham o’lgan deb o’ylaydilar. Bittasi tadbirkor, bosqasi mashxur jarroh. U ko’p odamlarga yana yurib ketishlariga gayordam beradi. Hozir u shahardagi mehmonxonada turibdi."

Latifjonga bir fikr keldi. Uning miyyasiga qanday fikr kelganini bilasizmi? Keksa kishi bolaning yelkasiga mehr bilan qo’llarini qo’yib dedi:

Kishi: "Latifjon, sen menga ishonib muammolaringni aytding. Sen Rabbiy Iso bilan ham hasadlaring haqida gaplashasanmi va Isodan bularning hammasini hal qilib berishini so’raysanmi?”

Latifjonning ko’z yoshlari yuziga tushganda uyalmadi. U Rabbiy Isodan kechirim so’radi. Uning yuragi hamma gunohlardan tozalandi.

Kechirim so’rash qiyin emas. Kechirim so’rash faqat Latifjon uchun oson bo’lmay, balki siz uchun ham osondir.

Anorachi? Siz bu haqida keying hikoyada eshitasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Latifjon, Kishi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 03:54 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)