STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 104 (Pharaoh is obstinate 4)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

104. Fir'avn o'jar 4


Horun: "Muso, bu rostdan senmisan? Salom."

Muso: "Horun, bunga ishonish qiyin. Biz bir-birimiz bilan 40 yil ko’rishmabmiza."

Aka-ukalar bir-birlarini quchoqladilar. Ularning quvonchlari ichiga sig’mas edi.

Xudoning ular uchun topshirig’i bor edi.

Muso Isroilliklarni Misrliklarning qulligidan olib chiqishi kerak edi. Musoning akasi unga bu ishda yordam berishi kerak edi. Ular fir’avnni yoniga borishlari kerak edi, bu qo’rqinchli edi. Bu uchun ularga kuchli jasorat kerak edi.

Muso: "Fir’avn, Isroilning Xudosi Egamiz senga: ‘Mening xalqimni qo’yib yubor’ – deyabdi."

Fir’avn: "Egangiz? U kim O’zi? Men Uni bilmayman. Men umuman Isroilliklarni qo’yib yuborish uchun rejam yo’q. Bu yerdan yo’qolinglar!"

Fir’avn Xudoga quloq solishni xohlamadi.

Fir’avn: "Siz dangasalar! Ishlaringizga boringlar. G’isht quyish uchun sizga boshqa somon berilmaydi. O’zlaring yurib somon yig’asizlar. Lekin oldin qancha g’isht quygan bo’lsanglar, shuncha g’isht quyasanlar."

Tushunarsizlik! Endi hamma narsa ilgarigidan ham ko’ra yomonlashdi. Isroilliklar Musoni so’kishdi. Muso ibodat qildi.

Muso: "Egam, nimaga Sen meni fir’avn yoniga jo’natding? Endi hamma narsa oldingidan ham ko’ra yomonlashdi. Sen xalqingni ozod qilish uchun hech narsa qilmading."

Xudo dedi: "Sen tez orada men fir’avnni nima qilishimni ko’rasan. Men uni sizlarni ketishlaringa ruxsat berishiga majbur qilaman. Va’da berganimday, Men xalqimni qullikdan olib chiqaman. Men sizlarni ozod qilaman."

Xudo ko’p falokatlarni Misrliklarga yubordi.

Bola: "Xudo daryo suvini hammasini qonga aylantiradi. Lekin fir’avn baribir ishonmaydi."

Qiz: "Keyin qurbaqalar butun Misr yerini bosib ketadi, fuu. Ular hatto fir’avnning yotog’igacha bosib ketishadi."

Bola: "Keyin do’l yog’ib hamma hosilni nobud qilgan."

Qiz: "Uch kun qorong’ulik hukm surgan. Lekin bu mo’jizalarning hech qaysisiga fir’avn ishonmadi. U o’jar bo’lib turib oldi."

Bola: "Bu faIokatlarning hech qaysisi Isroilliklarga umuman zarar yetkazmadi."

Keyin Xudo eng dahshatli falokatni aytdi.

Xudo dedi: "Yana bir falokat fir’avn va Misr ustiga keladi, keyin sizlar ozod bo’lasizlar."

Muso fir’avnning oldiga oxirgi marta bordi.

Muso: "Tun yarmida Misr bo‘ylab yuraman. Shunda Misrdagi hamma to‘ng‘ich o‘g’illar o’ladi. Hatto sening to’ng’ich o’g’ling ham o’ladi. Shunda sen Isroil xalqi tirik Xudoga xizmat qilishini bilasan."

Fir’avn va nihoyat buni tushunib yetadimi? Siz keying hikoyada bilib olasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Muso, Horun, Fir’avn, Xudoning ovozi, bola, qiz

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 02:05 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)