STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 103 (The voice of the unseen 3)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

103. Ko'rinmas ovoz 3


Sirli yonayotgan buta (o’tning qarsillab yonish ovozi). Buta olov ichida bo’lishiga qaramay yonib tugamas edi.

Muso asta butaga yaqinroq bordi. Muso bu sirli narsani tushunmoqchi bo’ldi.

Muso: "Bu juda g’alati-ku. Qanday buta olov ichida yonib tugamayabdi ekan?"

Xudo dedi: "Muso! Muso!"

Kimdir uning ismini chaqirdi. Lekin atrofda hech kim ko’rinmas edi.

Xudo dedi: "Muso!"

Muso: "Labbay, shu yerdaman."

Xudo dedi: "Yaqinroq kel. Oyog‘ingdagi chorig‘ingni yech! Sen turgan joy muqaddas yerdir. Men ota-bobolaring ishongan Xudoman."

Muso juda qo’rqib ketdi. Xudo u yerda edi! Muso boshqa qarashga jazm qilolmadi. U kiyimi bilan yuzini berkitib oldi. U Xudoning ovozini aniq eshitdi.

Xudo dedi: "Men xalqimning Misrda Fir’avnnning zulmidan chekkan azoblarini ko‘rdim, madad so‘rab nazoratchilar zulmi dastidan qilgan faryodlarini eshitdim. Endi men ularni qutqarib faravon yurtga olib boraman. Muso sen Menga keraksan. Sen Fir’avnning yoniga borib xalqimni qullikdan qutqarasan.

Muso: "Men? Nimaga men? Men bunday qilolmayman."

Muso uzr so’raganday ohangda gapirdi. Muso Xudo uni ishlatishini tassavur ham qilolmas edi. Lekin Xudo buni jiddiy aytgan edi.

Muso ko’p miqdordagi xalqni qullikdan ozod qildi.

Sizning va mening ham Qutqaruvchimiz bor. Siz buni bilasizmi?

Albatta biz Misrda qul emasmiz. Lekin bizni gunohga yetaklovchi bittasi bor. U shaytondir. U odamlarni qul qilib ularni ozodlikka qo’yib yuborishni xohlamaydi. Lekin Iso bizning kuchli Qutqaruvchimizdir. U shayton ustidan g’alaba qozongan.

Isoga ishonish bizni ozod qiloladi. Men sizga shuni tilayman.

Xudo bizni ozod qilishni xohlaydi. Shuning uchun U bizga Isoni va Musoni esa Misrga jo’natdi. Xudo Musoni kuchli qildi va Musoga mo’jiza yaratish qudratini berdi. Lekin eng zo’r sovg’a Xudoning va’dasi edi.

Xudo dedi: "Muso, qo’rqma. Men sen bilan birga boraman va senga yordam beraman. Sening akang ham sen bilan birga boradi. U allaqachon yo’lga tayyor. Tur va yo’lga otlan."

Xudo Muso bilan birga bordi. Bu yetarli edi.

Muso Isroilliklarni qutqarib Misrdan olib chiqadimi?


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Muso, Xudoning ovozi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 01:59 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)