Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 078 (Lou Ling makes a decision)
78. Lou Ling qaror qiladi
Lou Lingning katta muommosi bor edi. U eshik oldidagi tokcha ustida turgan but haqida o’ylardi. U Hitoyda yashardi va uning ota-onasi bu yog’och parchasini xudo deyishgan. Yolg’on, bu to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Tirik Xudo osmondadir, bu tokchada turgan haykal yog’och o’lik butdan boshqa emas edi. Butning qo’llari bor edi, ammo hech kimga yordam berolmas edi. Og’zi bor bo’lib, lekin gapirolmas edi. Quloqlari bo’lib, lekin eshitolmas edi.
Xudo: ’Men Egangiz Xudoman, boshqa xudolarga emas, yolg’iz Menga sajda qilinglar’ – deb, Xudo butga sig’inishni taqiqlaganini bilmay odamlar bu butga sig’inardilar.
Lou Ling bu haqida o’yladi.
Lou Ling: "Bizning tokchamizdagi haqiqiy Xudomikin?"
U borgan Masihiy maktabda u yagona haqiqiy Xudo haqida eshitgan edi. U yerda u Xudo xar bir insonning gunohi uchun qurbon bo’lishga O’zining O’g’lini jo’natganini o’sha maktabda o’rgangan edi. Iso o’limdan uch kundan keyin yana tirilganini va U hozir samodaligini eshitib Lou Ling ta’sirlandi.
Qaysi biri to’gri? Kim haqiqiy Xudodir? Isomi yoki uning uyidagi haykalmi?
Lou Ling: "Men nima qilishni bilaman. Butni hovliga ko’mib qo’yaman. Agar u tirilsa, uni haqiqiy Xudoligini bilaman."
Lou Ling lapatkani olib, butni hovliga ko’mib qo’ydi. U o’zining g’oyasidan xursand bo’lib, uyga kirdi. Bir kun o’tdi. Ikkinchi kun u kichik qabrni ustidagi tuproqni olib ko’rdi. Haykal hali ham yotar edi. Uchinchi kunni sabrsizlik bilan kutdi. Ammo uchinchi kun ham haykal boshqa kunlardek qabrda yotar edi.
Lou Ling: "Endi men men uchun o’lgan va tirilgan Rabbiy Isoga ishonaman."
Lou Ling to’g’ri qaror qabul qildi va tirik Xudo u bilanligini va uni hech qachon yolg’iz tashlab ketmasligini har doim sezar edi.
Xudo O’z So’zida aytadi:
"Men sizning Egangiz Xudoman, Mendan boshqa xudolaringiz bo’lmasin. Mendan boshqa narsa sizlarga muhim bo’lmasin."
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Lou Ling
Copyright: CEF Germany