Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 057 (Taken hostage in Egypt 5)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

57. Misrda olingan garovdagi tutqin 5


(Ot tuyog’larini tovushi)

Yusuf Misr bo’ylab shohning aravasida yurardi. Hamma unga ta’zim qilardi. Fir’avn uni boshliq qilib sayladi. Fir’avn o’zining muhrli uzugi bilan Yusufga hokimyatini berdi. Yusuf dala va bog’larni aylanib chiqdi.

Xudo aytganidek: farovonlik davri keldi.

(Orqadan bolg’alash va mihlash ovozi)

Yusuf ko’p omborlar qurdirdi. Ko’p don g’amladi. Yusufning rejasi mukammal edi. U aytganidek yetti yillik farovonlik yilidan keyin, qahatchilik yili keldi. Odamlar och qolib Fir’avnning oldiga keldilar.

Olomon: "Men och qoldim! Biz ochmiz. Bolalarimizga yegani biror narsa ber."

Fir’avn: "Sizlarga yordam bergani Yusuf mas’uldir. U nima desa shuni qilinglar."

Odamlar har joydan kelar edilar. Hatto o’zga yerlardan hamodamlar kela boshlashdi. O’nta kishilar kelib Yusufning oldida bosh egdilar. Yusuf ularni darhol tanidi. Ular Yusufning akalari edilar. Yusuf akalariga tushini aytganida ular Yusufni yomon ko’rib qul qilib sotib yuborgan edilar. Lekin akalari Yusufni umuman tanimadilar.

Yusuf ular bilan qattiq muomilada notanishday gaplashdi.

Yusuf: "Qayerdan keldingizlar?"

Akalar: "Biz Kan’on yurtidan, don sotib olgani keldik."

Yusuf: "Yolg’on gapiryabsizlar. Sizlar josussizlar!"

Akalar: "Yoq, unday emas, rostdan! Biz o’nta aka-ukamiz. Bitta ukamiz uyda qoldi, bitta ukamiz esa nobud bo’lgan."

Yusuf: "Men bu gaplaringizga ishonmayman. Xudoni sevganim uchun men sizlarga don beraman. Lekin keyingi safar sizlar uyda qolgan ukalaringni olib kelishlaringni xohlayman. Sizlardan bittalaringni buyrug’imni bajargunlaringacha shu yerda olib qolaman."

Nimaga Yusuf akalari bilan qattiq muomilada bo’ldi? U ulardan qasos olmoqchi edimi? Yoq! Yusuf faqatgina akalarini tekshirmoqchi edi. Yusuf akalarini o’zgarganini ko’rmoqchi edi.

Akalar bir-birlari bilan gaplashyotganlarida Yusuf ularni tushunishini ular bilmas edilar.

Akalar: "Bu aniq biz Yusufga bergan azoblarimizning jazosidir."

Yusuf buni eshitib yig’lab yubordi. Lekin u ularga hali ham o’zini kimligini aytmadi. O’zlariga kerak donni olib akalar uylariga qaytib ketdilar, Shimo’n esa Misrda qoldi.

O’g’illari otalari Yoqubga bo’lgan voqeani aytib berishganda otalari vahimaga tushdi. Lekin olib kelgan don tugagach bu safar ukalari Benyaminni Misrga olib borishlari kerak edi. Akalari ikkinchi marta Misrga yaqinlashyotganlarida juda qo’rqdilar.

Keyin nima bo’ldi? Keyingi hikoyada nima bo’lganini aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, olomon, Fir’avn, Yusuf, akalar

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 07:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)