STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 083 (Daniel‘s test 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

83. Donyorning sinovi 1


Buyuk shoh Navuxadnazar Quddusni qamal qilib uni bosib oldi. Yahudiylar umidsizlikka tushib qoldilar.

Xudo Yahudo shohi Yohayiqimni asirlikka olib ketishlariga yo’l qo’ydi. Yohayiqim o’shanda unga yordam berolmagan butlarga sig’ingan edi. Dushman shaharning boyliklarini, hatto ma’baddan ham narsalarni o’g’irlab ketishdi.

Shoh Navuxadnazar: "Ashnapaz (saroyning bosh mulozimi), menga Isroilliklar xizmat qilishlarini xohlayman. Kuchli, aqlli, yosh va xushqomatlarini olib kel."

Asrlarni 600 chaqirim uzoqlikdan olib keldilar. Ularning orasida Doniyor va uning do’stlari bor edi. Ular va nihoyat qudratli Bobilga yetib keldilar. Ular shohning qasrida nima qilishlari kerak edi? Ular hamma buyruqqa bo’ysunishlari kerak edi. Ularning umuman huquqlari yo’q edi. Doniyor va uning do’stlari Xudoga sodiq qolishda mahkam turdilar.

Shunday bo’lish sizning ham maqsadingizmi? Siz har doim maktabda va uyda Xudoga sodiqmisiz? Do’stlaringiz bilan bo’lganda va stadionlarda Xudoga sodiq qolasizmi? Xudo sodiq qolishga loyiqdir!

Doniyor va uning do’stlari birinchi sinovga duch keldilar. Shoh uch yillik qoidani asrlarga buyurdi. Ular bobil tilini va shuningdek boshqa fanlarni o’rganishlari kerak edi. Shohning stolidan ularning oldiga nima qo’yilsa o’shani tanovul qilishlari kerak edi.

Doniyor: "Hanoniyo, bizga Xudo lozim bo’lmagan yeguliklardan bulg’anishimiz mumkin emas."

Hanoniyo: "Biz boshqa biror narsa yeyishimiz mumkin deb o’ylaysanmi?"

Doniyor: "Kechirasiz biz shoh stolidan yegulik yeyolmaymiz."

Ashnapaz: "Taomdan iste’mol qilishni shoh buyurgan. Agar men sizlarni aytganlaringni qilsam, sizlarning ko’rinishlaring boshqalarnikidan ko’ra yomon bo’ladi, unda shoh boshimdan meni judo qiladi."

Doniyor: "Iltimos, qullaringizni o‘n kun davomida sinab ko‘ring. Bizga yegani sabzavot, ichgani suv bering. Keyin esa bizni shohona yegulikni yegan yigitlar bilan solishtirib ko‘ring, so‘ng bilganingizni qilavering."

Bosh mulozim rozi bo’ldi. Muqaddas Kitob buning natijasini shunday deydi:

“O‘n kun o‘tgach, Doniyor va uning do‘stlarining qadlari to‘lishib, shohona yegulik yegan boshqa yigitlardan ancha ko‘rkam bo‘ldi.“

Shunday qilib bosh mulozim ularga sabzovot va suv ichishga ruxsat berdi.

Doniyor kuchli bo’lib bordi. Doniyor Xudoga sodiq qoldi va buning uchun taqdirlandi. Uch yildan so’ng shoh asirlarni sinovdan o’tkazdi. Doniyor va uning do’stlari hammadan ko’ra yaxshi o’tdilar!

Shoh Navuxadnazar: "Bu yigitlar hamma munajjimlardan ko’ra o’n barobar aqllidirlar. Ular menga xizmat qilishlarini xohlayman."

Ammo bundan keyin tez orada ularning hayotlari xavf ostida bo’ladi.

Men sizlarga bu haqida keyingi hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Navuxadnazar, Doniyor, Hanoniyo, Ashnapaz

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:01 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)