STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 084 (The mysterious dream 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

84. Sirli tush 2


Shoh Navuxadnazar boshqa uxlayolmay qoldi. Bezovtalanib u tomon, bu tomonga to’lg’onardi. Keyin shoh xizmatkorlardan birini chaqirdi (qo’ng’iroq ovozi).

Xizmatkor: "O, Shohim uzoq umr ko’ring. Nima buyurasiz?"

Shoh: "Darhol barcha folbin, munajjim, sehrgar va afsungarlarni chaqir."

(ko’p ovozlar shovqini, odamlarning yurishi ovozi keyin jim bo’lib qoladilar)

Shoh: "Men g‘alati bir tush ko‘rdim. Yuragimga g‘ulg‘ula solgan bu tushning ta’birini bilmoqchiman."

Sehrgarlar: "Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! Tushingizni aytib bering, kaminalaringiz uni ta’birlab beradilar."

Shoh: "Yo’q, sizlar menga tushumni aytib beringlar. Men buni buyuraman! Agar ko’rgan tushimni aytib bersangiz, men sizlarni mukofatlayman. Agar aytib bermasangiz, men sizlarni o’ldiraman."

Sehrgarlar: "Shoh hazratlari avval tushlarini aytsinlar, kaminalaringiz uni ta’birlashga tayyordirlar."

Shoh: "Sizlar qarorim qat’iy ekanini ko‘rib, vaqtni cho‘zmoqchisizlar."

Sehrgarlar: "Biz tushingizni ta’bir qilolamiz, lekin yer yuzida sizning bu talabingizni qondiradigan bironta jon bormikan. Mumkin bo’lmagan narsani so’rayabsiz."

Shoh g’azablandi: "Men senlarni hammalaringni o’ldiraman!"

Hatto bu gap Doniyor va uning do’stlariga ham tegishli edi. Lekin Doniyor qo’rqmadi. Bu dahshatli qarorning sababini eshitganda, Doniyor do’stlari bilan xonaga kirib ibodat qildilar.

Doniyor: "Biz ibodat qilishimiz kerak. Xudo hamma narsani biladi. Xudo menga bu sirli tushni aytib beradi."

Faqat Xudo yordam berolar edi. Va Xudo shunday qildi. Xudo tunda shoh ko’rgan tushni Doniyorga aytdi.

Doniyor: "Sen ajoyib Xudosan. Raxmat Senga! Sen hamma narsani bilasan va bizni ibodatlarimizga javob berasan."

Doniyor shoh xuzuriga borishni so’radi.

Shoh: "Sen rostdan ham menga tushimni aytib berolasanmi?"

Doniyor: "Hech kim shoh hazrati oliylarini talabini bajarolmaydi. Lekin tirik Xudo sirlarni oshkor qiloladi. Xudo sizga kelajakda bo’ladigan narsalarni ayon qilgan. Siz tushungizda bahaybat bir haykalni ko’rdingiz. Haykalning boshi toza oltindan edi. U sizning shohligingizni bildiradi. U hamma shohliklardan qudratli va kuchlidir. Lekin shohlik sizdan keyin kuchsizlanib boradi. Nihoyat shohlik bo’linib ketadi. Lekin shu bilan bir paytda Xudo O’zining Shohligini quradi. Xudoning Shohligi abadiy qoladi. U abadiydir. Sizning tushingiz to’g’ridir."

Shoh: "Sening Xudoying shohlarning Shohidir!"

Shoh tushning ta’biridan hayratda qoldi. Shoh Doniyorni yuqori mansabga ko‘tarib, ko‘pdan–ko‘p in’omlar taqdim qildi.

U yana nima qilganini keying hikoyada eshitolasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Navuxadnazar, sehrgarlar, Doniyor, xizmatkor

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)