Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 085 (The fiery oven miracle 3)
85. Otashli pech mo'jizasi 3
Shoh Navuxadnazar sof oltindan ulkan bir haykal yasattirdi. Haykalning balandligi taxminan 27 metrga, eni esa taxminan 3 metrga to‘g‘ri kelardi. Hamma uni ko’ra olardi!
Shohning jarchisi: "Ey, barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar! Hozir sozandalarimiz karnay, nay, lira, chang, arfa, doira va boshqa cholg‘u asboblarini chaladilar, sizlar esa muk tushib shoh Navuxadnazar o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilasizlar. Kimki muk tushib sajda qilmasa, o‘sha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanadi."
Hech kim savol bermadi. Hamma haykalga muk tushib sajda qildi. Doniyorning uchta do’stlari jimgina tik turardilar. Ular bu buyruqdan qo’rquvga tushmadilar. Ular ko’p yillar oldin asirlikka olinib ona yurtlari Isroildan bu yerga olib kelingan edilar. Ular uylarini yo’qotgan bo’lsalarda, Xudoga bo’lgan imonlarini yo’qotmagan edilar.
Ular shohning buyrug’i nato’g’ri ekanligini bilar edilar. Butga sig’inish – hech qachon!
(musiqa cholinadi) Bu uchta o’rtoqdan tashqari hamma muk tushib haykalga tazim qildi. Bu e’tiborni tortdi.
Ayblovchi: "Shohim, siz hamma oltin haykalga tazim qilishi shartligini buyurgandingiz. Uchta Yahudiy sizga bo’ysunmayabdi."
Shoh: "Nima? Ular mening buyrug’imga bo’ysunmayabdilarmi? Ularni darhol bu yerga keltiringlar."
(Doniyorning do’stlari shoh huzuriga olib kelindilar)
Shoh: "Sizlar oltin haykalga tazim qilmasligingiz to’g’rimi? Men sizlarga yana bir marta imkoniyat beraman. Agar rad qilsangizlar olovli chuqurga tashlanasizlar. Xudolaring sizlarni qutqarib qololmaydi."
Shu vaqtda sizga nima muhimroq bo’lgan bo’lar edi? Hayotingizmi yoki Xudoga bo’lgan sodiqligingizmi? Bu uchta do’stlar javob berishni uzoq o’ylab o’tirmadilar.
Doniyorning do’sti: "Agar Xudo xohlasa bizni olovdan qutqarib qololadi. Agar qutqarib qolmasa ham biz Xudoga sodiq qolamiz. Biz hech qachon butga sajda qilmaymiz."
Bu o’rtoqlar Xudoni hamma narsadan ham yaxshi ko’rar edilar. Shoh g’azab otiga mindi.
Shoh: "Olovni odatdagidan ko’ra yeti borabar qattiqroq yondiringlar."
Keyin ular olovli chuqurlikka tashlandilar. Olov shunchalik kuchliligidan ularni olovga tashlayotganlarni olov kuydirib yubordi.
Shoh olov ichiga yaxshilab qaradi.
Shoh: "Men olov ichida to’rta odamni yurganini ko’ryapman. Ulardan biri ilohiy zotga o’xshaydi."
Shoh chuqurlikni og’zini ochdi.
Shoh: "Xudoyi Taoloning xizmatkorlari, qani, chiqinglar! Oldimga kelinglar."
Olovdan zarar ko’rmagan uchta o’rtoq olovdan chiqib keldilar. Birorta ham sochlari kuymagan, hatto kiyimlaridan kuyindini hidi ham kelmas edi. Xudo ularni olov ichida saqlagan edi.
Shunday mo’jizani qiloladigan bu Xudoni bilasizmi? Xudoga doim va har yerda sodiq qolinglar.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, shohning jarchisi, ayblovchi, shoh, Doniyorning do’sti
Copyright: CEF Germany