STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 149 (It‘s difficult for Inam 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

149. Bu Inom uchun qiyin 1


Inoyat og’ir tog’arani daryoga ko’tarib bordi. Kirlarni olib suvga tashladi va katta tosh bilan bosib qo’ydi.

Bu qiyin ish edi. Junglida kir yuvadigan moshina yo’q edi.

Inoyatning jigarrang yuzidan ko’z yosh oqib tushardi. Uni yana qattiq urishgan edi. Inoyat uzoqqa qarab sholilar hali juda kichikligidagi payt esiga tushdi.

(eslash paytida musiqa cholinadi)

Inoyat: "Indoneziyaga chet elliklar kelib o’rmon yaqinida kichik jamoat qurgan edilar. Hamma u yerga borishi mumkin edi. Men yurib ketayotib aytilyotgan ajoyib qo’shiqni eshitib qoldim. Ichkariga kirib Iso biz uchun qanday xochda o’lganligi haqidagi hikoyani eshitdim.

Men Isoga ishonishga va hayotimni berishga qaror qildim. Men ota-onamga Isoga ibodat qilishim kerakligini aytganimda, ularning jahli chiqib meni urishdi." (musiqa sekin to’xtaydi)

Inoyat yig’lardi, uni urishgani uchun emas, aksincha ota-onasi uchun yig’lardi.

Inoyat: "Rabbiy Iso, ota-onam ham Senga ishonishini va Sen uchun yashashini va bir kun jannatga borishlarini xohlayman. Iltimos ularni adashishlariga yo’l qo’yma."

Inoyat kir tog’arani ko’tarib uyga qaytdi.

Onasi (jahldor): "Buncha imillading? Tezroq yur! Gurunchni tayyorla!"

Ovqatlanib bo’lgach Inoyat o’ziga keldi.

Lekin hamma dam olayotganida, u oynadan oshib jungli orqali kichik jamoat tomon yugurdi.

(musiqa cholinadi)

Inoyat xizmatni qoldirishni xohlamadi. Hamdu-sano qo’shiqlari va Muqaddas Kitob oyatlari uni daldalantirdi. Lekin ota-onasi uyda uni kaltak bilan kutishardi.

Inoyat Iso uchun yashahsga qaror qilgandan so’ng hayotida qiyin vaqtlar boshlandi.

Uni tez-tez urishar edi, lekin u baribir Isoga ishonardi.

Inoyat kasal bo’lib qolganida, onasi folbinni chaqirdi. Folbin ichimlikni aralashtirib ichida nimalarnidir o’qirdi.

Inoyat bu ichimlikni ichmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida o’yladi. Folbin suvni Inoyatga ichish uchun bergan paytda onasi tashqariga chiqishi kerak bo’lib qoldi.

Onasi: "Men oshxonaga chiqishim kerak. Gurunch kuyyabdi!"

Folbin onasiga bilan chiqdi, Inoyat esa tezgina bu ichimlikni oynadan to’kib tashladi.

Ular buni payqab qolishdi!

Siz keyingi hikoyada nima bo’lganligini eshitasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Inoyat, Onasi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 08:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)