Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 150 (Very brave 2)
150. Juda botir 2
Inoyat folbinning bergan ichimligini ichmay oynadan to’kib yubordi. Bu mardlik edi.
Inoyat: "Rabbiy Iso men Senga ishonaman, iltimos meni shifola."
Indoneziyalik qiz yana tuzaldi.
Inoyat tuzalishi bilan birinchi bo’lib junglidagi kichik jamoat xizmatiga bordi.
(musiqa ovozi)
Inoyat boshqalar bilan birga Iso haqidagi ajoyib qo’shiqlarni aytdi.
Keyin Inoyat ularga Iso uni ibodatini eshitib uni shifolagani haqida aytib berdi.
Ayol: "Oying seni kim tuzatdi deb o’ylayabdi?"
Inoyat: "Oyim menga ichimlik bergan folbin tuzatdi deb o’ylayabdi."
Ayol: "Sen haqiqatni aytmoqchimisan?"
Inoyat uyga qaytayotib bu haqida o’yladi. U Isoga ishongani uchun uni ko’p urishgan edi.
Ertasiga Inoyat oshxonaga kirib onasini ziravorlarni maydalashini tomosha qildi.
Inoyat: "Oyi, balki siz folbinning ichimligi meni tuzatdi deb o’ylayotgandirsiz. Lekin bu nato’g’ri. Men ichimlikni oynadan to’kib yuborganman. Iso meni yana tuzatdi."
Onasi: "Shundaymi? Sen bizni ahmoq qilibsanda."
Inoyatning haqiqatni aytgani yomon bo’lmadi. Aksincha, Inoyatni urishlariga qaramay Isoga ishonadigan Inoyatning ota-onasi uning jasoratiga hayron qolishdi.
Oyisi quyoshga qarab dedi:
Onasi: "Inoyat, jamoatga boradigan vaqt bo’ldi."
Inoyat oyisini quchoqlab oldi.
U birinchi marta ota-onasining ruxsati bilan jamoatga bordi. Keyinchalik ota-onasi u bilan birga jamoatga borishdi. Inoyat ota-onasining o’rtasida o’tirib ular bilan birga Iso haqidagi hikoyalarni eshitishdan juda xursand bo’ldi.
Ota-onasi kichik jamoatda eshitganlari haqida ko’p o’yladilar. Ular qizlarini urishganiga qaramay Inoyatga sodiq qolishga kuch bergan Isodagi imon bilan o’zlarining dinlarini solishtirdilar.
Bir kuni Inoyatning ota-onasi Isoga ergashishga qaror qildilar.
Inoyatning Iso bilan hayoti uning ota-onasiga Isoning tirikligini isbotladi. Inoyatni urishlariga qaramay u Isoga sodiq qoldi va Isoni ko’proq sevdi.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ayol, Inoyat, Onasi
© Copyright: CEF Germany