STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 052 (Without a schedule to Hawaii)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

52. Jadvalsiz Hawaiiga borish


Ko’chmanchi qushlar uchib ketishidan oldin bir chiziqqa to’planganliklarini ko’rganmisiz? Agar ular uchib ketmasalar unda nima bo’ladi? Har yili sayrovchi qushlar, qaldirg’ochlar va laylaklar janubga uchib ketadilar. Ularga narsalarini sumkaga solishni kim aytadi? Yaratguvchi Xudo ularni shunday bir-biriga bog’liq qilib yaratgan.

Ular Xudoning buyrug’ini xurmat qiladilar va hayotlariga tadbiq etadilar.

Ba’zi qushlar 6000 milyalab uchib ketib, yana bahorda o’zlarining inlariga qaytib keladilar. Bu mo’jiza emasmi?

Amerika tilla qushini bilasizmi? U yeri hech ham 100% (foiz) erimaydigan Alyaska yerida yashaydi. 26 kundan keyin tuqum bosadi. Reza mevalar va semiz qurtlar uning sevimli ozuqasidir. U kaptarchalik katta o’sadi va patlari yaltiroq oltin yashil rangga aylanadi. U yaxshi yura olmaydi, lekin yaxshi ucha oladi. U qishni Gavayida o’tkizdirgani uchun uchish u uchun muhimdir. Bu degani u to’xtamasdan 88 soat uchadi degani.

Notiq: "Olimlar uchun uning sayohati sirlidir. U uchishidan oldin kuchga to’lib oladi. Tasavvur qiling shunday narsa siz bilan sodir bo’lsa. U parvozi vaqtida qanotini 250,000 marta tepaga pastga urib oladi. Dam olmasdan qo’lingizni qushga o’xshab million marta qimirlata olasizmi? Agar qushlarda tezlikni o’lchash moslamasi bo’lganda, bu moslama ularni soatiga 31km uchyotganliklarini ko’rsatar edi.

Amerika tilla qushi taxminan 0,7 kg chiqsa, uchish paytining har soatida bu og’irligining 0,6% ni yo’qotadi. O’lchov asbobi bunday yuqori talab bilan bu qush o’zining manziliga 500km qolganida charchaganidan dengizga qulab tushshini aytadi. Lekin bu qushlar V-tarzida uchgani uchun va o’zlarining kuchini oldinga egilib uchgancha saqlagani uchun bunday bo’lmaydi."

Oltin qush Xudo unga belgilagan buyruqqa amal qiladi. Kompassiz va parvoz rejasisiz u kechasi va bulutlar orqali uchadi. Va hatto hech ham Gavayida bo’lmagan kichik qushlar katta okean o’rtasidagi kichkina orolni hozirgacha topib boradi. Bu shunchaki sodir bo’lmaydi. Ular Xudoning yaxshi buyrug’iga bo’ysunadilar va qo’shiqlarida Xudoga minnatdorchilik bildiradilar.

Biz ham shunday qilishimiz kerakmi?

Muqaddas Kitobda biz uchun Xudoning yaxshi buyrug’i bor. Kim unga amal qilza ko’zlagan yakuniy maqsadiga yetadi.


Ishtrokchiliar: Hikoya aytuvchi, notiq

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 07:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)