STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 043 (Good news 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

43. Xushxabar 2


Bozorga borish zerikarli edi. TiFam va onasi kartoshka to’la og’ir savatni boshlariga ko’tarib ketdilar. Ular kartoshkani ko’p pulga sotib, keyin Orestilhonim qiziga yangi ko’ylak olib berishiga umid qildilar. Uni oldingi ko’ylagi eskirib yirtilib ketgan edi. TiFamning ota-onasi kambag’al edilar. Uning otasi yovuz ruhlarga eng yaxshi qurbonliklar keltirar, lekin natijada baribir yuragida hech qanday tinchlik yo’q edi. Birdaniga TiFam Maryam haqida o’yladi. U dugonasi Masihiy bo’lgani uchun boshqa tumor taqmaydi.

Va nihoyat ular bozorga yetib bordilar. Katta bozor bo’layotgan edi.

Sotib oluvchi: “Yangi sabzavot! Zo’r urug’lar!”

Sotib oluvchi: “Yangi hosildan urug’lar.”

Sotib oluvchi: “Arzon – bu yerda hamma narsa arzon ekan!”

Orestilhonim savatlarini bir odamning oldiga joylashtirdi. U odam uning hosilini tanqid qildi.

Sotib oluvchi: “Men ham shunday o’ylayman. Qurtlar! Kartoshka qurtlarga to’la ekan!”

Hafsalasi pir bo’lib Orestilhonim ozgina pulga bozorligini qildi. Lekin TiFam mo’jizani ko’rdi. Bir mehribon kishi uning savatidagi hamma kartoshkani sotib oldi. TiFam uning duganasi bu kishi orqali Masihiy bo’lganini bilmas edi. Pulni olib TiFam o’ziga chiroyli ko’ylak sotib oldi. U xursand bo’ldi.

Keyinroq u Viktorni yana uchratib qoldi.

TiFam: “Qarang, meni kartoshkamni sotib olgan kishiku. Uning qo’lida qanday ajoyib kitob bor ekan?”

TiFam va uning onasi turib uning odamlarga nima deyotganligini eshitdilar.

Viktor: “Menda sizga xushxabar bor. Xudo sizni sevadi va boshqa hech qachon qo’rqmasligingiz uchun yuragingizga tinchlik bermoqchi.”

Orestilhonim: “TiFam, u to’g’ri gapni aytyotganiga ishonaman.”

Folbin Orestil xotini Viktorni eshitganini eshitib jahli chiqdi.

Orestil: “Viktor sizni targ’ib qilibdi. Unga ishonmanglar. Yovuz ruh bizga qaytib kirib oladi.”

Orestilhonim: “Orestil, mening yuragimda tinchlik bor. Viktorning Xudosi yovuz ruhdan kuchlidir.”

Shu paytda Orestil TiFamni yangi ko’ylagini olib, latta qo’g’irchog’iga o’rab ko’p ignalar tiqib qo’ydi.

Orestil: “Bu Viktordir. U o’lishi kerak. Ignalar uni o’ldiradilar.”

TiFam ajablandi. Uning otasi bunga o’xshagan ishni qilmagan edi.

Kim kuchliroq? Folbinning la'natimi yoki Isomi?

Keyingi hikoyani eshitib buni bilib oling.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Orestilhonnim, TiFam, Sotib oluvchi, Viktor, Orestil

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 07:15 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)