STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 042 (TiFam, daughter of the witch doctor 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

42. Jodugar vrachning qizi 1


Gaiti tog’lari ustidan quyosh ko’tarildi. TiFam ota-onasi bilan kichkina loy kulbada yashar edi. Ular juda qambag’al edilar va har doim yovuz ruhlardan qo’rqar edilar. Ular ularni sevadigan va: qo’rqmanglar Men sizlar bilan birgaman – degan haqiqiy Xudo haqida hech narsa bilmas edilar.

TiFamning jodigarlik bilan shug’illanuvchi folbin otasi Orestil erta turardi va onasi uy ishlari va dala ishlari bilan mashg’ul bo’lardi. TiFam ko’pincha yordam berishi kerak edi.

Onasi: “TiFam, kartoshka kovlagani ketyabmiz va biz ularni ertaga bozorga olib boramiz. Shuning uchun savat tagiga qo’ygani banan barglaridan olib kelgin.”

TiFam: “Agar men shularni qilsam va’da bergan ko’ylagingizni olib berasizmi?”

Onasi: “Ko’ramiz.”

TiFam chopqini olib bananzorga ketdi. Uning dugonasi uning oldiga dalaga bordi.

Maryam: “TiFam! TiFam!”

TiFam: “Maryam, ertaga ustida yozuvi bor ko’ylakni olaman.”

Maryam: “Yozuvi? Sen o’qishni bilmaysanku. Men o’qishni o’rganmoqchiman, keyin men bir narsa sotib olaman.”

TiFam: “Seni saqlashi uchun otamdan tumor sotib olasanmi?”

Maryam: “Yo’q, men boshqa tumor taqmayman. Biz Masihiy bo’ldik va Muqaddas Kitob sotib olmoqchimiz.”

TiFam: “Maryam, sen jinni bo’lib qolibsan! Yovuz ruhlar buni yoqtirishmaydi. Sen kasal bo’lib qolasan.”

Maryam: “TiFam, Men yovuz ruhlardan boshqa qo’rqmayman. Iso yovuz ruhlardan kuchlidir. Iso: ”Qo’rqmang, Men sizlar bilan birgaman” – degan. Buni bizga Muqaddas Kitobdan Viktor aytdi.”

TiFam: “Bular yolg’on, yolg’on.”

TiFam tumorini olib qochib ketdi.

TiFam: “Oyi, Maryam Masihiy bo’lganlari uchun boshqa tumor taqmayabdi ekan.”

Masihiylar Isoga tegishli odamlardir, shu sababdan ular tumor taqmaydilar, garaskopga yoki irm-sirimga boshqa ishonmaydilar. Xudo bu narsalarni O’zini So’zida taqiqlagan.

Siz bu narsalarga bog’liqmisiz yoki Isoga ishonasizmi? Faqat Iso sizning Himoyachingiz va Yordamchingiz bo’la oladi. U sizga ham shunday deydi: Qo’rqma, Men sen bilanman.

TiFam biz Isoga ibodat qilishimizni bilmas edi. U har doim qo’rquvda yashar edi.

Folbin Orestil Maryam va uning ota-onasi Masihiy bo’lganini eshitib jahli chiqdi va keyin …

Keyin nima sodir bo’lganini keyingi hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, TiFam, Onasi, Maryam

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 07:13 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)