STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 152 (Pass it on 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

152. Uni o'tkizib yubor 2


To’rtta moxov och naxor dushman qarorgohiga yetib kelganlarida ajoyib bir holatga duch kelishlarini kutmagan edilar.

1chi moxov: "Men to’g’ri ko’ryabmanmi? Bunday bo’lishi mumkin emas!"

2chi moxov: "Lekin bu haqiqatdan shunday! Dushman chodirlari bo’sh! Dushmanlar qarorgohni tashlab qochib ketishibdi!"

1chi moxov: "Balki bu tuzoqdir."

Lekin bu tuzoq emas edi. Isroilliklarni och qoldirib Samariyani bosib olmoqchi bo’lgan Oram lashkari boshqa u yerda ko’rinmas edilar.

Kim ularni quvlab yuborgan edi?

Muqaddas Kitob bizga buni sirini aytadi: Tirik Xudo Oram lashkariga jang aravalarining taqir–tuqurini, otlarning kishnashini, ko‘p lashkarning shovqin–suronini eshittirgan edi. Ular bir–birlariga: 'Isroil shohi bizga qarshi hujum qilgani boshqa shohlarning ham lashkarini yollaganga o‘xshaydi', deb hamma narsalarini tashlab qochib ketdilar.

Xudo bu mo’jizani to’rtta moxov o’zlarini dushmanlarga topshirmoqchi bo’lib oqshom payti kelganlarida qildi. Moxovlar o’limni kutayotgan edilar, buning o’rniga ular hayotga ega bo’ldilar.

1chi moxov: "Yeyish uchun shuncha yegulik! Men hali ham bunga ishona olmayabman."

2chi moxov: "Qancha boyliklar! Kiyimlar, oltin va kumushlarni ko’ringlar!"

Ular yeb ichdilar. Tushlarida yurgandek chodirlarni aylanib chiqdilar.

1chi moxov: "Biz to’g’ri ish qilmayabmiz. Biz o’zimiz haqimizda o’ylamasligimiz kerak. Biz bu xush xabar to’g’risida shaharga xabar berishimiz kerak. Agar biz aytmasak boshqalar ochlikdan o’ladi. Keyin biz ularni o’limida aybdor bo’lib qolamiz."

Shoh birinchi bu xush xabar dushmanning tuzog’i deb o’yladi. Lekin xalq borib, bu xabarni to’g’riligini ko’rdilar va Oram lashkarining qarorgohini talon-taroj qildilar. Xudoni ustidan kulgan amaldorni esa shahar darvozasi oldida bosib, yanchib o’ldirildi.

Hamma narsa xuddi Xudo aytganidek sodir bo’ldi.

Kimdir yaxshi xabar aytdi, bunga ishonganlar yashadi. Buni sir saqlamagan odamlar qanday to’g’ri ish qildilar.

Isoning: 'Men tirikman va siz ham yashaysiz' – deb aytgan so’zlari esimga tushdi.

Iso odamlarni yashashini xohlaydi, faqat bu hayotda emas, balki abadiy yashashlarini ham xohlaydi.

Ko’pchilik hali bu haqida bilmaydi. Shuning uchun men Iso haqidagi xush xabarni boshqalarga aytishni xohlayman.

Siz ham xohlaysizmi?


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, 1chi moxov, 2chi moxov

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 08:17 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)