Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 048 (Small man – big cheat)
48. Kichik odam – katta firibgar
(Olomonning ovozi)
Zakkay: "Qochib turinglar! O’tib olay!"
Kishi: "Nimaga hamma bir-birini suryabdi? Hamma kelishi mumkin."
Zakkay: "Men bir narsani ko’rmoqchiman."
Kishi: "Jim bo’l, yo’qol."
Zakkay o’ta olmadi. Hamma uni tanir edi. Lekin hech kim uni yoqtirmas edi. Uni chiroyli uyi va eng dabdabali kiyimlari bor edi. U juda pakana, lekin juda boy edi. U pulni halol topmasligini hamma bilar edi. Uning ismi ‘aybdor emas’ ma’nosini bildirsada, lekin kichkina Zakkay eng katta yolg’onchi edi.
U Yerihodagi soliq offisida ishlar edi. Kim u yerga homoshiyosini olib kirsa ular o’sha offisga pul to’lar edilar. Zakkay qonun qoidalarga rioya qilmas edi. U odamlardan belgilangan narxdan ham ko’proq pul olar edi. Rimdagi boshliq bunga hech qanday chora ko’rmas edi, shunday qilib Zakkay nimani xohlasa shuni qilar edi.
Natijada Janob ‘Aybdor-Emas’ o’zini juda aybdor qildi.
Zakkayning juda ko’p pullari bor ediyu, lekin xursandchiligi yo’q edi. Bir kuni Yerihoda bir muhim narsa sodir bo’ldi: Iso u yerga bordi! Bu kichik Zakkay Iso bilan tanishish imkoniyatini qo’ldan boy berishni xohlamadi, lekin olomon uni to’sib qo’ydi natijada Isoni ko’ra olmadi. Daraxtga chiqish - zo’r fikrdir! Tezgina u daraxt ustiga chiqib oldi. Qanday zo’r ko’rinyabdi. Iso keldi! Iso yaqin va yaqin kelaverdi. Tasavvur qiling Zakkay hayron bo’ldi:
Iso daraxt tagiga kelib turdi. Zakkayning yuragi yanada qattiqroq ura boshladi. Iso tepaga qaradi. Iso Zakkayning aynan ko’zlariga qaradi. Iso uni qayerdan taniydi? Iso unga shunday dedi:
Iso: "Zakkay, daraxtdan pastga tush. Men bugun sening uyinga bormoqchiman."
Zakkay tezgina Iso unga aytganidek daraxtdan pastga tushdi. Quvongancha u Isoni uyiga olib bordi. Lekin boshqalar bundan xafa bo’ldilar.
Kishi: "Iso Zakkayning uyiga boryabdimi? Iso uni qanday firibgarligini bilmaydimi?"
Ha, Iso uni bilar edi. Shunga qaramay Iso uni sevar edi. Zakkay Isoni bilib olgach Unga hamma aybini tan oldi.
Zakkay: "Rabbiy Iso men: boyligimni yarmini qambag’allarga berishga va kimdan pulini o’girlagan bo’lsam to’rt karra qaytarib berishga Senga va’da berama."
Iso: "Zakkay, endi sen najot topding, zero Men adashganni izlab toppish va najot berish uchun kelganman."
Iso siz uchun ham kelgan. Isoni hayotingizga taklif qiling va sizni nima havotirga solsa Unga ayting. U sizni hayotingizni tartibga soladi.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Zakkay, Iso, kishi
Copyright: CEF Germany