STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 045 (The catastrophe 4)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

45. Fojia 4


Bo’ron Gaitiga xavf soldi. Bu kambag’al yerda ko’pincha qattiq bo’ron har doim hosilni badnom qilardi. Folbin Orestil qorong’u yomg’irda toqqa hansirab chiqib bordi. Momoqaldiroq qorong’ulikni yoritar edi. U qoya ustidagi Viktorni tanib qoldi.

Orestil: "Men uni o’ldiraman. U hamma narsaga aybdor, chunki u har doim Iso haqida aytadi. Ruhlar bo’ron bilan bizga qaytib keldi. Men uni o’ldiraman va hamma uni qoyadan yiqilib tushib o’lgan deb o’ylaydi."

Yuragidagi qotillikni o’ylamasdan Orestil qiynalib yurib borar edi. Lekin birdaniga u katta chuqirlikka tushib ketdi va oyog’ini payi cho’zilib qoldi. U tura olmas edi.

Orestil: "Yordam beringlar! Yordam!”

Chaqmoqning ovozi bo’la turib Viktor bu yordamga chaqiryotgan ovozni eshitdi. U bu folbin uni nimaga quvib kelayotganini bilmas edi.

Orestil: "Menga yordam ber. Men tog’da yashaydigan qizimdan xabar olib kelmoqchiman."

Orestil ashaddiy yolg’onchidir. Lekin Viktor unga baribir yordam berdi. Viktor ehtiyotkorlik bilan jarohatlangan Orestilni ularga yomg’ir tegmasligi uchun u yerga yaqin joydagi kulbaga olib bordi. Birdan ular qandaydir ovozni eshitdilar. U chaqmoq emas edi. Bu ovoz to’xtamasdi, aksincha baland bo’lib borar edi. Tog’ ko’chib tushdi. Katta toshlar qishloqqa dumalab qishloqni bosib qoldi. Orestil qotib qoldi.

Orestil: "Mening xotinim, mening qizim TiFam! Biz ularga yordam berishimiz kerak!"

Viktor: "Orestil, nimaga menga quloq solmading? Men seni ko’chma bo’lishi bilan ogohlantirdim! Agar seni xotining va qizing o’lgan bo’lsa bunga sababchi aybdor sensan.”

Qattiq urinishlar va Viktorni yordami bilan Orestil uyi tomongacha yetib oldi. U jon jahdi bilan loylarni kovlab, to’xtab qoldi.

Orestil: "Xotinim o’libdi. Lekin qara – u yerda nimadir qimirlayabdi! TiFam!”

U qizini toshlar orasidan qutqarib ko’tarib oldi.

Orestil: "TiFam, mening TiFam!"

Viktor: "Rabbiy Iso bizga yordam ber. Ovqat va dori-darmonlar bilan xizmatchilaringni yubor."

Iso Viktorni ibodatiga javob berdi. Qisqa vaqt ichida yordam keldi va Tifamni beg’araz yordam shifohonasiga vertolyotda olib ketishdi.

TiFamga nima bo’lganini keyingi hikoyani eshitsangiz bilib olasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Orestil, Viktor

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 07:18 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)