Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 023 (Peter starts again 8)
23. Butrus qaytadan boshlaydi 8
Bola: “Botirga nima bo’ldi?“
Qiz: “U bugun boshqacha.”
Bola: “U bugun har doimdagidek hazil qilmayabdi.”
Qiz: “Bugun u jim o’tiribdi.”
Botir juda hafa ko’rinar edi. U ko’rinmas og’ir yukni ko’tarib turardi. Unga nima bo’lishi mumkin? U bu haqida hech qachon gapirmadi.
Qiziq u hatto Yakshanba Maktabida bo’lganida ham bu yukni og’irligini his qildi. Botir bu yukni ko’tarib yurarkan Xudoni mamnun qilolmasligini bilardi. Chuqur o’y bilan u uyga ketdi. U yolg’iz bo’lishni xohlab o’zini xonasiga ketdi.
Uning o’ylari u ko’tarib yurgan yuk borasida aylandi:
- Magazindan o’g’irlagan narsalari
- Yashirincha onasini sumkasidan o’g’irlagan pullar
- Odamlarda taasurot qoldirish uchun gapirgan yolg’onlar va hazillar
Bu bunday davom etmasligi kerak’ – deb o’yladi Botir. Muqaddas Kitobdagi hikoyalar orqali Iso hamma narsani yangi qilolishini bilib oldi. Botir xohlagan yangi boshlanish, shuning uchun Botir u oldin qilmagan bir narsani qildi: u ibodat qildi. U Iso bilan samimiy gaplashdi va u qilgan hamma nato’g’ri ishlar uchun juda afsusdaligini aytdi.
Botir biz ko’ra olmaydigan, lekin har doim biz bilan va bizni eshitadigan Zot bilan gaplashdi.
Botir: “Rabbiy Iso, men haqimda hamma narsani bila turib meni sevganliging uchun Senga raxmat. Iltimos meni yolg’onlarimni, o’g’irliklarimni va yomon so’zlarimni kechir. Meni yuragimni tozala va mening hayotimga kerib kel va mening Rabbim bo’l. Omin.”
Ibodatdan so’ng Iso bunday ajoyib ibodatlarga darhol javob bergani uchun Botir o’zini yengil his qildi. Quvonch bilan u dedi:
Botir: “Iso meni kechirganing va har doim men bilan bo’lganing uchun Senga raxmat.”
Botirni o’zgarganini boshqalar sezishdi. Hatto boshqalar uning ustidan kulishsa ham va tushunishmasalar ham u ularga sababini aytdi.
Og’ir yuk (gunoh) sizni bosib turibdimi?
Sizning yukingiz nimaligini men bilmayman, lekin siz hamma narsani Isoga aytishingiz mumkin. Botir qilganidek siz ham ibodat qiling!
Agar shunday qilsangiz men buni sizdan eshitishdan xursand bo’lardim.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita bolalar, Botir
Copyright: CEF Germany