Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 024 (Very good)
24. Juda yaxshi
Beshinchi bosqichda hamma hayojanda edi. O’qituvchi ularga matematikaga oid test berdi. Ba’zilar o’zlariga kelib oldilar. Ularning choragi ular kutganidek yomon chiqmadi. Muqaddas Kitobda men ko’p bolalar orzu qiladigan: 5+ joyini topdim!
Bilasizmi bu qayerdaligini? Xudo hamma narsani qanday yaratganligini sanalgan joyda. Uning ijodi 5+ darajasiga ega.
Men yana va yana Xudo hamma narsani: ajoyib mushukni, itni, mitti chumolini, katta filni, qiziqarli maymunlarni, hamma baliqlar va qushlarni va hokazolarni qanday ajoyib yaratganiga hayron qolaman.
Xudo hayvonlarni yaratishdan oldin daraxt va o’t-o’lanlarni hayvonlar yeyishi uchun o’stirdi. Va qo’shimcha qilib ko’p gullar: binafsha, semichka, yuqori sifatli atirgul va yoqimli hidli fialkani o’stirdi. Har biriga Xudo o’zidan ko’payishi uchun urug’lar berdi. Xudo bularning har birini mukammal o’yladi. Birinchi Xudo yorug’likni yaratdi, yorug’liksiz hayot bo’lishi mumkin emas.
Xudo hamma narsani yaratdi. Qanday qilib yaratganligini bilasizmi?
O’zining so’zi orqali. Xudo: “Yorug’lik bo’lsin” – dedi, va yorug’lik paydo bo’ldi. Siz ko’rib turgan hamma narsani Xudo O’zining so’zi orqali yaratgan. Boshida biror narsa o’sa olishi yoki rivojlanishi uchun hech narsa yo’q edi.
Baxtsiz hodisa yoki biror qattiq turtki biror narsa yaratolmaydi, faqat qudratli Xudo hech narsadan biror narsa yarata oladi.
Va keyin eng zo’r narsa yaratildi.
Xudo dedi: ”Odamni yarataylik”. Va Xudo O’zining ajoyib fikrilariga binoan erkak va ayolni yaratdi.
Oltinchi kuni Xudo O’zi yaratgan hamma narsaga qarab bularning yaxshiligini ko’rib quvondi. Va bularning hammasini Odam Ato va Momo Havoga berdi.
Bitta yomon voqea sodir bo’lmagunga qadar ular jannatda Xudo bilan ajoyib hayot kechirdilar
Keyingi hikoyada men sizlarga hayotda boshqa bo’lmagan eng yomon hikoyani aytib beraman.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi
Copyright: CEF Germany