STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 118 (Sad Christmas memory 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

118. Chananing to'qnashuvi 2


Siz maktabga avtobusda borishdan ko’ra chanada borishni yoqtirasizmi? Tog’li rayonda yashovchi Anora va Latifjon har kuni vodiyga chanalarida borganlar. Lekin bitta chanada bormas edilar, chunki birga turolmas edilar. Nimagadir bir-birlarini tushunishlari juda qiyin edi. Bu Seshanba kuni sodir bo’ldi. Latifjon bunday bo’lishi xohlamagan edi. Latifjonning rostdan ham bunday niyati yo’q edi. Chanada tez ketayotib Latifjon Anoraga urilib ketdi va ikkalalari ham suvga tushib ketdilar.

Anora: "Aqlingni yeb qo’ygansan! Ethtiyot bo’lsang bo’lmaydimi? Boshingda ko’zing yo’qmi?"

Latifjon: "Anora, meni kechir. To’xtab tur men senga yordam beraman."

Anora: "Kerak emas! Sening yordaming siz ham chiqib olaman."

Latifjon: "Bunchalik qattiq xafa bo’lma, sen ahmoq qizsan."

Kitoblari va o’zi uvib ketgan Anora maktabga kech keldi.

O’qituvchi: "Anora, nima bo’ldi?"

Anora: "Latifjonning xatosi. U meni suvga itarvorib meni yolg’iz tashab o’zi qocib ketdi."

Hammaning Anoraga rahmi keldi, Latifjonga esa jahl bilan qarashdi. Anoraning yuragi ham Latifjonnikiga o’xshab yomonligini hech kim bilmas edi. Hamma onasi yo’q Anora tarafida edi.

Odamlar tashqarini ko’radilar, Xudo esa bizning yuragimizni ko’radi.

Ohistagina ovoz Anora va Latifjonga yomon ko’rish gunohligini aytdi. Lekin ulardan hech qaysi birlari birinchi qadam tashlashni xohlamadilar. Holat yomonlashib ketdi.

Qorlar erigach bir kuni Latifjon tog‘ yon bag’rida mushigi bilan o’ynayotgan Doniyorni uchratib qoldi.

Latifjon: "Nima qilyabsan?"

Doniyor: "Men Anoraga gul teryabman."

Latifjon: "Anoragami? Sening opang ahmoq!"

Latifjon Donyorning gullarini qo’lidan tortib olib, yerga sochib, ularni tepkilab tashladi.

Doniyor: "Dadamga aytib beraman."

Latifjon: "Yo’q, bunday qilmaysan."

Latifjon Doniyorning mushigini olib chuqurlik ustida ushlab turardi. Keyin hammasi birdan sodir bo’ldi. Oppog’oy Latifjonni tirnab olgan edi, Latifjon uni chuqurlikka qo’yib yubordi. Besh yoshli Doniyor mushukchani olmoqchi bo’lgan edi, chuqurlikka tushib ketdi. Vahimaga tushgan Latifjon pastdagi Donyorga qarab turardi.

Latifjon: "Doniyor! Doniyor, tirikmisan? Biror narsa degin!"

Javob yo’q edi. Latifjon atrofga qarab uyiga qochib ketdi. Og’ilxonaga yashirinib olib, ko’p yig’ladi.

Keyin nima bo’ladi? Siz bu haqida keyingi hikoyada bilib olasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Anora, Latifjon, O’qituvchi, Doniyor

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 03:33 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)