STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 072 (Sensation on the sea)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

72. Dengizdagi taassurot


Jalila Ko’lidagi ustidagi hayrat!

Butrus: "Men Isoni qilgan ishidan hayratdaman. Beshta non va ikkita baliq bilan ayollar va bolalardan tashqari 5000ta odamni to’ydirdiya, bunga ishonish qiyin."

Shogird: "Qanchasi ortib qolganini ko’rdingmi? Boshidagidan ham ko’proq ortib qoldi."

Butrus: "Zo’rku, Iso ozdan ko’pni yaratoladi."

Xudoning O’g’li Iso noyobdir. Iso oz narsani ko’paytiroladi.

Odamlar bu mo’jizadan hayron qolib kechqurun uylariga ketdilar. Keyin Iso shogirdlariga shunday dedi:

Iso: "Qayiqqa tushib, ko’lning narigi tarafiga o’tinglar."

Isoda qayiq yo’q edi, ammo ibodat qilish uchun tepalikka chiqib ketdi.

Shogirdlar tunda Isosiz qayiqda suzib ketar edilar. Birdan bo’ron ko’tarildi. Baliqchilar yelkanni pastga oldilar. Birinchi to’lqin qayiqqa urildi. Qaniydi bu dahshatli holatda Iso ular bilan birga bo’lsaydi. Ular qo’rqib, baqurib yubordilar. Lekin keyin yanada yomonrog’i sodir bo’ldi.

Butrus: "Ana bu yerda, ko’ryabsizlarmi? Bu arvoh-ku!"

Shogird: "Men boshqa chiday olmayman."

Suv ustida oq narsa to’g’ri ularning qayiqlariga qarab yurib kelardi. Shogirdlar baqirib yubordilar. Lekin u arvoh emas edi.

Iso: "Dadil bo’linglar, bu Men! Qo’rqmanglar!"

Shogirdlar Isoning ovozini tanidilar. U Iso edi. Butrus birinchi bo’lib gapirishga jur’at etdi.

Butrus: "Yo Rabbiy Iso, agar haqiqatdan Siz bo’lsangiz, amr bering, men suv ustida yurib, Sizning oldingizga borayin."

Iso: "Kel!"

Ajoyib! Butrus qayiqdan tushib, suv ustida Iso tomon yurib ketdi. Butrus Isoga qarab yurganda yaxshi yurdi. Lekin Butrus to’lqinlarga qaraganda, Butrus cho’kishni boshladi.

Butrus: "Rabbiy, meni qutqar! Yordam ber!"

Iso qo’lini cho’zib Butrusni ushlab qoldi va uni qutqardi.

Xudoning O’gli Iso noyobdir – U qutqaradi!

Iso: "Menga ishon. Butun qalbingni Menga ber."

Butrus Iso bilan qayiqqa chiqdi. Bo’ron tinchib, shamol tindi. Hamma ajoyib Rabbiyning oldida tiz cho’kib ta’zim qildi.

Butrus: "Siz Xudoning O’g’li Isosiz!"

Xudoning O’gli Iso noyobdir. U bilan hamma narsa mumkindir.

U siz suv ustida yuirishingizni talab qilmaydi. Lekin qayerda yurmang Iso bilan birga yuring. Hamma holatda Iso sizni boshqaradi va yordam bertadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Butrus, Shogird, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 01:58 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)