Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 050 (Attention danger of an avalanche)
50. Qor ko'chishining xavfi
Shveytsariya tog’larida bir bola qo’ylarini boqar edi. U gullarni va yaltiroq muzchalarni yaxshi ko’rar edi. Bir sayohatchi tog’ yo’lakchalaridan u yerga keldi.
Sayohatchi: "Salom, isming nima?"
Genri: "Salom, Genri."
Sayohatchi: "Sen bu yerda yolg’izmisan?"
Genri: "Ha, hozir bizda ta’til shuning uchun qo’ylarimni boqyabman."
Sayohatchi: "Unda sen cho’pon ekansanda. Sen yaxshi Cho’ponni bilasanmi?"
Genri: "Yo’q, kim u?"
Sayohatchi: "U Rabbiy Isodir. Muqaddas Kitobda odamlar o’zini yo’lidan yuradigan bo’ysunmas qo’ylardirlar deyiladi. Yaxshi Cho’pon bizni qidiradi. U bizni yetaklashni va biz uchun qayg’urishni xohlaydi va bir kun U bizni jannatga olib boradi."
Genri: "Men o’lsam U meni olib boradimi?"
Sayohatchi: "Ha. Faqat sen Isodan sening yaxshi Cho’poning bo’lishini so’ra."
Genri: "Men buni hoziroq qilmoqchiman."
Genri oddiy va sodda ibodat qildi. Ibodat uning qalbidan (yuragidan) chiqdi. U Isoga tegishli bo’lishni xohladi. Sayohatchi yo’lini davom ettirishidan oldin Genriga aytdi:
Sayohatchi: "Endi sen yaxshi Cho’ponga abadiy tegishlisan. Sen: Xudovand mening Cho’ponimdir – deyishing mumkin. Sen har bir so’zni har bir barmog’ingni ushlab ham aytishing mumkin – dedi."
Genri: "Xudovand Cho’ponim mening."
U xursand bo’lib bu haqida ota-onasiga aytib berdi. Uni ta’tili tugab yana maktabga bordi.
Qish keldi. Shveytsariya tog’larida qish juda xavfli bo’ladi. Ba’zida u yerda qor ko’chishlari bo’ladi.
Genri baland qorga chiqdi. Birdaniga u gumburlagan ovozni eshitib qoldi. U yugurmoqchi bo’ldi, lekin allaqachon kech bo’lgan edi. Qor ko’chkisi uni o’rab oldi va u katta qorni tagida qoldi.
Qorong’u tushganda uning ota-onasi havotirlanishni boshladilar. Ular Genrini soatlab qidirdilar. Uni topganlarida u o’ng qo’lidagi to’rtta barmog’ini chap qo’li bilan ushlab yotgan edi. O’lishdan oldin u yaxshi Cho’ponni eslab o’lgan edi.
Uning ota-onasi ko’p qayg’u chekdilar. Lekin Genrini bir kun jannatda ko’rishlari ularga taskin berdi. Agar ular yaxshi Cho’pon bilan abadiy qolsalar, bir kun Genrini ko’radilar.
Siz ham: Xudovand Cho’ponim mening – deyishingiz mumkin.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Sayohatchi, Genri
Copyright: CEF Germany