STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 082 (The special submarine 2) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
82. Mahsus suv osti kemasi 2Bola: "Yunus bilan nima bo’lganiga qiziqyabman." Qiz: "U aqlli ish tutib Xudoga quloq solib, Xudodan qochishga harakat qilmagandir." Bola: "U kiyimlarini boshqa ho’l qilmagandir." Xudo qutqarmoqchi edi – shuning uchun Yunus Naynavoga borishi kerak edi. Agar bu sayohat Xudo uchun bo’lmaganda, hayotning tugashiga o’xshar edi. Xudo qutqarishni xohlaydi! Hatto Yunusni ham qutqarishni xohladi. Shuning uchun Yunusni qutqarib qolish uchun ‘suv osti kemasi’ni Yunus uchun jo’natdi. Katta baliq (nahang) suzib kelib Yunusni yutib yubordi. Yunus uch kechayu, uch kunduz nahang baliqni qornida qoldi. Dengizning chuqur joyida Yunusning Xudodan qochishi nihoyasiga yetdi. Yunus qayg’uli, umidsizlik holatida Xudoni chaqirdi. Yunus: "Egam, Sen meni dengiz bag’riga tashlading. To’lqinlar meni ustimdan bosib o’tdilar. Men o’lyabman deb o’ylagan edim. Lekin Sen meni qutqarding! Katta raxmat Senga! Sen qayerga borishni, nima qilishni aytsang men bajaraman." Xudo har bir odamni eshitadi. Siz ruhan tushib hafa bo’lganingizda sizni ham eshitadi. Xudo Yunusning ibodatini eshitdi va baliqqa qirg’oqqa borib Yunusni chiqarib yuborishni amr berdi. Xudo ikkinchi marta Yunusga aytganidek, qutqarishni xohlaydi. Xudo dedi: "Yunus, Naynavo shahriga borib Men senga aytgan narsalarni ayt." Yunus ketdi (Yurish va shahar ko’chalaridagi shahar to’polonining ovozi). Yunus: "Tinglanglar! Meni Xudo sizlarga yubordi. Sizlar yolg’onchi, zinokor va firibgar bo’lganlaring uchun, 40 kundan so’ng Naynavo xarob bo’ladi. Xudo hamma narsani - sizlarning qotilliklaringni va o’g’irliklaringni ko’radi." Vahimaga tushgan xalq Yunusning gaplariga quloq soldilar. Yunusning voizligi ularning yuragigacha yetib bordi. Ayol: "U to’g’ri aytyabdi. Biz Xudoga qarshi gunoh qildik. Biz nima qilishimiz kerak?" Shohning amaldorlari: "Shohning farmoni! Hamma hech narsa yemasdan va ichmasdan ro’za tutsin. Gunohlaringni tan olib, Xudoni chaqiringlar. Balki Xudo bizni eshitar. Adalotsiz bo’lishni to’xtatib, yangi hayot boshlanglar." Tasavvur qiling! Shaharning 120 000 aholisi Xudoni chaqirdilar. Ular Xudosiz yashagan hayotlariga tavba qildilar. 38, 39, 40 kunlar o’tdi. Xudo ularni jazolamadi. Xudo ularning tavba ibodatlarini eshitib, ularni kechirdi. Bu zo’r emasmi? Har bir odam Xudoni chaqirdi va kim shunday qilgan bo’lsa qutqarildi. Bu tavba qilish bizning qishlog’imizda, shaharimizda sodir bo’lsaydi! Xudo sizni va boshqa ko’plarni qutqarishni xohlaydi. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita bolalar, Yunus, Xudo, ayol, shohning amaldorlari Copyright: CEF Germany |