Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 060 (Christmas – so different 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

60. Isoning tug'ilishi – shunday o'zgacha 2


Tog’ bag’ridagi kichkina qishloqda hech kim Mavlud bayramini nishonlamas edi. Hech kim Rabbiy Iso tug’ilganidan xursand bo’lmas edi. Lola bundan mustasno edi. O’sha tongda Lola ukasiga yashirincha Maryam, Yusuf va chaqaloq haqidagi hikoyani aytib berdi. Lola Mavlud bayramini nishonlomoqchi ediyu, lekin qanday nishonlashni bilmas edi.

Masihiy maktabda ular archalar, chiroqlar va qo’shiqlar bo’lar edi, bu yerda esa bunday emas. Lola fartugini taqib hamir qoridi, quduqdan suv olib keldi va echkilarini sog’di. Charchagan onasiga yordam berishdan Lola xursand edi. Bu ham Mavlud bayramini nishonlashni bir yo’li edi. Kechqurun ko’p mehmonlar kelishdi. Hamma qarindoshlar Lolani ko’rishmoqchi edilar, chunki Lola uyda faqatgina ta’til paytida bo’lar edi halos.

Ular qovurilgan quyon va suhari non yedilar. U hammaga yoqdi.

Taomni yeb bo’lishgach, Hasan birdan dedi:

Hasan: "Lola, bugun ertalab menga aytib bergan oxurdagi chaqaloq Iso haqida bizga aytib ber?"

Xonada xavfli skunat cho’kdi. Isoni ismini yoqtirishmagani uchun odamlar Lolaga g’azablanib qarab turishar edi. Tog’asi Axmad Lolani masxaraladi.

Axmad: "Buni maktabingizda o’rgatishadimi? Sen bu haqida hech qachon aytmagansan!"

Lola jim turdi. U o’zini yolg’iz va rad qilinganday his qilardi. Xuddi Iso ko’p yillar oldin O’zini his qilganidek. Lekin nima bo’lishiga qaramasdan, Lola Isoga sodiq qolishni xohladi. Otasi dedi:

Otasi: "Albatta Lola Muqaddas Kitobdagi hikoyalarga ishonmaydi. Bizni dinimiz boshqa, u buni biladi. To’g’rimi Lola?"

Lola: "Lekin men Isoga ishonaman. Faqatgina Iso orqali biz osmonga bora olamiz. Iso: 'Men yo’l, haqiqat va hayotdirman; hech kim Mensiz Otaning oldiga borolmaydi' (Yuhanno 14:6) – degan."

Sovuq skunat va g’azabli qarashlar bilan 13 yoshli qizga qarashdi. Isoni rad etishganidek bu Lolani qalbini og’ritdi. U tashqariga chiqib yig’ladi. Faqatgina u Rabbiy Isoni sevar edi. Nimaga boshqalar Isoni sevmas edilar? Lolada bunga javob yo’q edi. Birdaniga uning oldiga ukasi kelib, dedi:

Hasan: "Lola, men seni hokoyalaringni yaxshi ko’raman. Men senga o’xshashni xohlayman."

Lola kuldi. Lola boshqa qo’rqmas edi. Mavlud bayrami quvonchi uning qalbiga keldi. U Mavlud bayramini qalbida – Iso bilan nishonladi!


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Hasan, Axmad, Lola, otasi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 08:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)