Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 054 (Someone cries, the others smirk 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

54. Kimdir yig'laydi, boshqalar kuladi 2


O’nta akalar qo’ylarini boqqani uylaridan uzoqqa Isroilning shimoliga ketdilar. (qo’ylarni ovozini qiling)

Ukalari Yusufga bo’lgan hasad ularni qiynardi.

1chi Aka: "Tush ko’ruvchi Yusuf nima qilyabdi ekan?"

2chi Aka: "Xudo unga u mashhur odam bo’lishini aniq aytibdimish. Va biz unga ta’zim qilarmishmiz. Hahaha, bu men eshitgan narsalarimning eng qizig’idir."

1chi Aka: "Mening hali ham otamiz unga sovg’a qilgan to’nga hasadim kelyabdi."

2chi Aka: "Bu haqida gapirishni to’xtataylik. Bu faqat bizni kayfiyatimizni tushiryabdi halos. Bundan ko’ra suruv uchun yaylov muhimroqdir."

Uyda otalari o’g’llari haqida o’yladi.

Ota: "Yusuf akalaringdan havotirlanyabman. Ular xavfsiz va sog’mikin. Balki yovvoyi hayvonlar qo’ylarga hujum qilgandir. Borib ulardan xabar olib kelgin."

Yusufga biror narsani bajarishni besh marta qaytarish shart emas edi. Yusuf nolimasdan, yo’q demasdan darhol otasini aytganiga quloq soldi. Yusuf uzoq yo’l yurdi. Akalari uni uzoqdan kelayotganini ko’rdilar.

1chi Aka: "Qaranglar, tush ko’ruvchi kelyabdi. Kelinglar uni o’ldiramiz."

2chi Aka: "Bunday qilmanglar. Buning o’rniga uni o’ldirmasdan quduqqa tashlab yuboramiz."

Katta akalari Rubenda vijdon bor edi. U Yusufni qutqarib qolmoqchi edi. Yusuf tobora yaqinlashib kelar edi. Yusuf akalarining yomon rejalaridan habari yo’q edi.

Yusuf: "Akalarim sizlarga tinchlik bo’lsin! Qandaysizlar?"

1chi Aka: "Sening ishing nima? To’ningni hoziroq menga ber. Biz seni quduqqa tashlab yuboramiz."

Yusuf: "Yo’q! Men ketkizib yuboringlar! Men sizlarga nima yomonlik qildim?” (tashlab yuborishning ovozi)

Yaxshiyamki quduqda suv yo’q edi. Lekin quduq juda chuqur ediki, Yusuf tirmashib chiqa olmas edi.

Yusuf: "Yordam beringlar! Yordam! Meni bu yerdan olib chiqinglar! Men chiqishni xohlayman. Meni eshityabsizlarmi? Yordam beringlar!”

Akalari tishlarini g’ichirlatib salqinga o’tirib ovqatlandilar. Birdaniga tuyalarda karvon ko’rindi. Savdogarlar narsalarini Misrga olib ketayotgan edilar.

1chi Aka: "Menda bir fikr bor. Kelinglar Yusufni sotib yuboramiz."

2chi Aka: "Zo’r fikr Yahudo. Keyin Yusufdan qutilamiz va pulini bo’lishib olamiz."

Hamma akalar rozi bo‘lishdi. Ular Yusufni 20 bo’lak kumushga sotib yubordilar. Yusufning to’nini otalariga olib bordilar. To’n qonga burkangan edi.

1chi Aka: "Ota, biz buni topdik. Bu Yusufning to’nimi?"

Ota: "Ha. Yusufni yovvoyi hayvon tilka pora qilgan. U o’lgan! O’g’lim Yusuf o’lgan!"

Akalar yolg’onlarini yashirdilar va otalari ularga ishondi. Ular shaytonga quloq soldilar. Lekin Xudo Yusufga yaxshi narsalarni tayyorlagan edi.

Hikoya keyingi darsda qanday davom etishiga qiziqyabman. Siz ham qiziqyabsizmi?


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita akalar, Yusuf, ota

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 01:57 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)