STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 163 (Secret in the Wilden woods 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

163. Qarovsiz o'rmondagi sir 1


Rayhon Marg’uba holasidan xafa edi. Chunki holasi Rayhon o’zini yomon tutgani uchun, Rayhonga kechki tushlikni qilmasdan, uxlash jazosini qo’llagan edi.

Farxod Rayhonning xonasiga sekingina kirib, dedi:

Farxod: "Rayhon, bu senga. Men sekin cho’ntagimga yashirib oldim."

Rayhon juda och edi va sandvichdan tishladi.

Rayhon (to’la og’zi bilan): "Farxod, men yaxshi qiz bo’lishni xohlayman. Lekin nimaga yaxshi bo’la olmas ekanmana?"

Farxod: "Bilmadim. Sen odamlardan xafa bo’lmaslikka harakat qilishing kerak, shunda, yomon so’zlarni gapirmaysan. Bizning ota-onamiz Hindistonga xizmatchi bo’lib ketganidan beri Marg’uba hola bizni bu yerda yashab turishimiz uchun ruxsat bergan. U yaxshi ayol."

Rayhon ho’rsinib, yarimta sendvichni og’ziga solib oldi. Birdan ular Marg’uba holaning oyoq tovushlarini eshitib qolishdi.

Farxod xonasiga yugurib kirib ko’cha kiyimlari bilan krovatiga yotib oldi.

Marg’uba hola: "Hayrli tun, Farxod. Hayrli tun, Rayhon."

Farxod: "Hayrli tun, Marg’uba hola."

Rayhon o’zini uxlayotga soldi.

Ertasi kun Farxod ta’til paytlari uchun rejalar tuzdi.

Farxod: "Biz Yovvoyi o’rmonda o’zimizga kapa quramiz. Balki bugun qushlar anhor bo’yida tuqum bosib chiqishar. Biz haqiqiy tabiatni kuzatich markazi uychasini quramiz."

Rayhon juda qiziqar edi.

Ikkalalari kichkina yo’lakchadan o’rmon tomon ketdilar.

Rayhon Toxirakaning qo’y suruvuning oldida turib qo’ylarni kuzatdi. Qo’zichoq Rayhonning yoniga kelib uning qo’llarini yalay boshladi. Qo’zichoqning ota-onasi yo’q edi va u ba’zida sakrab yugurardi.

Farxod: "Rayhon, yur bizning ko’p vaqtimiz yo’q."

Ular kapalari uchun eng yaxshi joyni tanladilar. Rayhon shoh-shabbalar yig’ib keldi, Farhod ulardan kapa qurdi. Ular har kuni o’zlarining yashirin joylariga kelishardi.

Bir kuni Rayhon yuvilgan kirlarni ilish uchun uyda qolishiga to’g’ri kekdi. Rayhon bu ishni juda yomon ko’rardi. Jahli chiqib, toza kiyimlarni loyga tashlab yubordi.

Marg’uba hola: "Ehtiyot bo’lsang bo’lmaydimi? Qilgan ishing uchun kechirim so’ra."

Rayhon: "Meni kechiring! Marg’uba hola siz juda ham yomonsiz."

Marg’uba hola: "Rayhon, men anchadan beri seni internat maktabga jo’natish haqida o’ylab yuribman."

Rayhon: "Unda men qochib ketaman" (eshikni qattiq yopilishi).

Rayhon jahli chiqib yugurib ketdi. Juda uzoq yugurdi. Qayerga? U o’zini qayerda ekanligini bilmas edi. Lekin Marg’uba holaning so’zlari qulo’g’ini tagida jaranglab turar edi.

(sekin pastlab ketish ovozi bilan): ,Men seni internat maktabga jo’nataman. Unda men qochib ketaman. Men seni internat maktabga jo’nataman. Unda men qochib ketaman’ …

Keyingi hikoyada nima bo’lgani haqida eshitasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Farxod, Rayhon, Marg’uba hola

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 09:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)