STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 021 (Sin begins little by little 6)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

21. Gunoh sekin asta boshlanadi 6


Shoh Axab qasridan u yoq bu yoqqa yurar edi. U yana bir marta oynadan pastga qarab yoqtirib qolgan uzumzorga qaradi.

Axab: “Men bu uzumzorga ega bo’lishim kerak! Men shunday ajoyib bog’ barpo qilolmadim, hatto karam ham o’stira olmadim.”

Axab uzumzorning xo’jayinini oldiga bordi.

Axab: “Navo’t, menga uzumzoringni sot.”

Navo’t: “Bu imkonsiz narsa! Bu yer menga ota-bobomdan meros bo’lib qolgan. Sizga merosni sotishga ruxsat berilmagan – bu Xudoning qonuni.”

Axab xayrlashmasdan uydan chiqib ketdi va qasriga keldi. Homush bo’lib o’zini joyiga tashladi.

Agar xohlagan narsangizga erisha olmasangiz hafa bo’lasizmi?

Axab yuzini devorqa qaratib hafa bo’lib yotar edi.

Izabel: “Sizga nima bo’ldi?”

Izabel nima bo’lganini eshitganidan keyin aytdi:

Izabel: “Turing o’rningizdan, ko’nglingizni chog’ qiling. Men sizga uzumzorni olib beraman.”

Qirolicha shaharning oqsoqollari va asilzodalariga xat yozib Axabning muxri bilan tasdiqladi. Oqsoqollar va asilzodalar mana bu so’zlarni o’qidilar: Hammani to’planglar va Navo’tni chaqiringlar. Keyin uni ayblab unga: “Sen Xudoni va shohni haqorat qilding shuning uchun sen o’lishing kerak” – deb aytinglar.

Va shunday bo’ldi. Shubhasiz, Navo’t taklifni oldi va kunning oxirida o’ldi.

Kichik gunoh kattaga aylanib ketishi daxshatlimi?

Ko’rish – xohlash – hasad qilish – mag’rurlanish – barbod qilish – yolg’on gapirish – o’ldirish sodir bo’ldi!

Keyin Navo’tning o’limi tez tarqaldi. Shoh Axab uzumzorni o’ziniki qilib oldi. Lekin u Xudo xohishi bo’yicha emas, balki o’ziniki bo’yicha harakat qildi. Birdaniga Ilyos Axabni yoniga keldi. Axabni yuzi arvohnikidek oqarib ketdi.

Axab: “Ha dushmanim, meni topib keldingmi?”

Ilyos: “Ha, topib keldim. Sen o’zingni gunohga sotding va yuragingda uni o’sishiga yo’l qo’yding. Xudo gunohni yomon ko’radi, sen va oilang yo’q bo’lib ketasan.”

Shoh bu so’zlarni qayta-qayta o’yladi. U qilgan hamma ishlari uchun afsuslandi. Xudo Axabni yuragini ko’rib uni kechirdi.

Biz Rabbiy Iso oldida gunohlarimizni tan olsak, U sodiqdir va bizni gunohlarimizni ham kechiradi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Axab, Izabel, Navo’t, Ilyos

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:53 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)