Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 156 (Esther – star of the East 1)
156. Ester – Sharq yulduzi 1
Qiz: "Meni tanisizmi? Men Forslik Hadassaman. Lekin biz bu yerda o’zga yurtlimiz. Ota-onam vafot etishgan. Men ularni hatto eslay olmayman. Tog’am Mordaxay meni asrab olgan. U juda yaxshi ota. Biz Shishan shaharida yashaymiz. Bu yerda meni hamma Ester deb chaqiradi. Mening Forscha ismim ‘sharq yuldizi’ degan ma’nosini beradi."
Notanish, go’zal va kelishgan yetim qiz bir kun kelib yulduzday porlab juda mashhur bo’lib ketishini bilmas edi.
Ester malika bo’ladi. Uning hayoti haqida Muqaddas Kitobda yozilgan.
Qutratli shoh Axashverash Esterni o’ziga malika qilib tanladi. Boshqa yosh qizlar ichida shoh Esterni eng yaxshisi deb tanladi.
Shoh tojni Esterning boshiga kiygizidi va katta bazm qilib berdi.
Shu kuni shoh xalqdan soliq yig’dirmasdan, buning o’rniga sovg’alar taqdim qildi.
O’sha vaqtda Esterni malika bo’lishi shunchaki sodir bo’lmagan edi. Shoh Axasherashning tanloviga Xudo ta’sir qilganiga aminman.
Ester shohning yuragini Ester tomon yo’naltirgan butun koinotning Boshqaruvchisini bilar edi.
Ester bu sirni o’zi bilan saroyga olib bordi. Hech kim Esterni Yahudiyligini bilmas edi. Uni asrab olgan otasi unga bu haqida hech kimga aytmaslikni maslahat bergandi. Ester uning maslahatiga quloq solib buni sir saqladi. Mordaxay ham shohning qo’lida ishlar edi. Bir kuni u shohning ikkita xizmatchisi shohga qarshi reja uyushtirishyotganini eshitib qoldi. Ular shohni o’ldirishni rejalashtirishyotgan edilar.
Mordaxay buni Malika Esterga aytdi. Malika esa shu zahotiyoq buni shohga yetkazdi.
Bu yashirin hiyla butunlay oshkor qilinib aybdor xizmatchilar darhol jazolandi.
Axasherash kotibiga shohning kundaligiga nima qilganligi haqida yozib qo’yishni aytdi.
Bundan ko’p o’tmay saroyda bir ayyor xizmatkor paydo bo’ldi.
Mag’rur va o’ziga ishongan Xomon shohning ishonchiga kirib oldi.
Xomon Fors shohligining ikkinchi qudratli kishisi edi.
Uning yuragida qabih rajasi bor edi.
Siz bu haqida keyingi hikoyada eshitasiz.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, bola (qiz bola)
© Copyright: CEF Germany