STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 155 (Hands off 3)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

155. Qo'l tegizmang 3


Folbinni kimligini bilasizmi?

Bola: "U shayton yordami bilan kelajakda nima bo’lishini aytib beradi."

U butunlay yolg’on gapirmaydi, u harakat qiladi.

Folbinlar oldingi davrlarda ham bo’lgan.

Muqaddas Kitob bizga Pavlus shogirdi bilan Fillippi shahriga borganida bir folbin ayol ularning orqalaridan shunday deb baqiryurib yurgani haqida aytadi:

Folbin: "Bular Xudoning xizmatchilaridir. Ular qanday najot topishlaring mumkinligini aytadilar."

Bola: "Folbin haqiqatni aytibdi-ku!"

To’g’ri, lekin Pavlus bunga qarshi bo’ldi. Pavlus folbinning e’lon qilishiga muhtoj emas edi.

Pavlus: "Iso Masih nomi bilan buyuraman: Ayoldan chiqib ket!"

Folbinlik ruhi ayoldan shu zahoti chiqib ketdi. Iso g’olibdir! Yovuz ruh Isoning oldida titraydi. Biz shaytonni ko’rmasak ham, u odamlarni Xudoga ishonishdan chalg’itishga banddir. Shuning uchun shayton irim-sirimlarni taklif qiladi.

Kim qalb eshiklarini Isoga ochsa irim-sirimlarni nato’g’riligi unga ochilishi to’g’ridir.

Ko’p odamlar taqib yurgan tumorni, mashinalariga osib qo’yadigan talismanlarni (tumor) nato’g’riligini biz tushunamiz. Shayton o’yin tebrang’ichi orqali o’tgan va kelasi taqdirini ko’rishni yoki narsalarga tegmasdan harakat qilayotgan narsalarni ko’rishni taklif qiladi.

Bola: "Buni qiziqishga qilib ko’rish mumkinmi?"

Maruf ham maktabdagi o’rtoqlari ruhlarni harakatllanuvchi ko’z oynak orqali ko’rish haqida gaplashishganida bu haqida o’yladi. Lekin shundan keyin Maruf qo’rqishni va qo’rqinchli tushlar ko’ra boshladi.

Siyohdonda qilinadigan tajribani bilasizmi?

Qiziqishga bir barmog’ingiz bilan siyohdonni itaring. Boshqa barmog’ingiz bilan jiddiy itaring.

Bola: "Ey, ikkala barmoq ham siyoh bo’ladi-ku!"

Shuning uchun shaytonning takliflaridan qo’llaringizni pok saqlang. Farqi yo’q qiziqishgami yoki jiddiymi baribir bu narsalar yomon natijalarga olib keladi. Masalan Muqaddas Kitobni o’qishni yoki ibodat qilishni xohlamay qolasiz.

Bola: "Siz munajjimlar bashoratini o’qiysizmi?"

Yo’q.

Bola: "Mening oyim ham o’qimaydi. U Xudo buni taqiqlashini aytadi. Xudo biz yolg’iz Unga bog’liq bo’lishimizni xohlaydi."

Sizda Iso bo’lsa sizga boshqa hech narsa kerak emas. Iso g’olib va U bizga dushmanning tuzog’idan chiqishimizga yordam beradi. Iso sizni sevadi, shuning uchun U sizni saqlaydi!


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bola (qiz bola), Pavlus, folbin

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 08:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)