STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 111 (A promise is a promise)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

111. Va'da va'dadir


1ch Dushman: "Taslim bo’linglar! Biz sizlarni mag’lub qilamiz."

2ch Dushman: "Shohingiz aytganiga ishonmanglar. U sizlarni aldayabdi!"

1ch Dushman: "Bizning shohimiz Sanxariv kuchlidir!"

2ch Dushman: "Ha, sizlar askarlar emas, aksincha mag’lublarsizlar."

1ch Dushman: "Agar sizlar Xudoga tegishli bo’lsangizlar, unda tamom bo’ldilaring."

Ossuriya shohi 200,000 jangchilari bilan Quddusni bosib oldi.

Shaharning jangchilari esa jim turar edilar. Shoh Hizqiyo boshqa chora yo’qligini bilardi. Lekin Hizqiyoni dushman bilmaydigan har doim g’oliblikka erishtiradigan quroli bor edi. U qurol zavodidan emas, aksincha uning yuragidan topib bo’ladigan qurol: Xudoga ishonish edi. Kimda bu qurol bo’lsa, hech qachon dushmanlardan qo’rqishi kerak emas edi.

Hizqiyoning xabarchisi: "Shoh Hizqiyo, Sanxarivdan sizga xat bor."

Hizqiyo: "Qo’rqmanglar. Xudovand biz tomonda. Xudoga ishoninglar!"

Hizqiyo xatni olib ma’badga borib ibodat qildi:

Hizqiyo: "Egam, Sen Xudosan. Yolg’iz Sen Shohsan. Seni tirik Xudoligingni ko’rishimiz uchun bizni qutqar."

Ba’zilar agar ular Xudoga ishonsalar hayotlari oson bo’ladi deb o’ylaydilar. Lekin Muqaddas Kitob bunday o’rgatmaydi. Xudo hayotimizda qiyin narsalar sodir bo’lishiga yo’l qo’yib beradi. Bu biz Xudoga haqiqatdan ishonishimizni tekshiradigan sinovlardir.

Hizqiyo bu sinovdan o’tdi va Xudo unga dedi:

Ega Xudo shunday deydi: Men seni ibodatlaringni eshitdim. Dushman shaharga bitta kamon ham otolmaydi.

Rostdanmi? Hechqanday kamon otmaydimi?

Keyingi kun hamma bunga amin bo’ldi.

Kishi: "Qaranglar, dushman mag’lub bo’lyabdi!"

Kishi: "Hamma yerda jasadlar yotibdi. Kim dushmanlarni urdi?"

Muqaddas Kitob bizga Xudo kechasi farishtasini yuborganligini aytadi. Farishta 185,000 dushman jangchilarini o’ldirdi. Shuning uchun shaharga hech qanday o’q otilmadi. Xudo nimani va’da qilsa, uni bajaradi.

Zabur 33:4 da: "Egamizning Kalomi haqiqatdir, Uning barcha ishlari ishonchlidir" – deb aytilganidek biz Xudoga to’liq ishonishimiz mumkin.

Xudoning Kalomini o’qib unga bog’liq bo’ling. Shunda Hizqiyoning Xudosi o’sha paytda bo’lganidek hozir ham tirikligiga amin bo’lasiz. Xudo nimani va’da qilsa, uni bajaradi.

Agar Muqaddas Kitobingiz bo’lmasa menga yozing. Siz uni sovg’a sifatida olasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita dushmanlar, Hizqiyo, Hizqiyoning xabarchisi, kishi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 02:50 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)