STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 076 (Three lies in one night)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean? -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

76. Bir tundagi uchda yolg'onlar


Butrus: "Yo’q, bu yolg’on! Men hech qachon bunday qilmagan bo’lardim."

Ba’zida Butrus o’zini foydasini o’ylashiga to’g’ri kelardi, lekin u hozir nima deganini haqiqatdan tushunganiga ishonaman.

Butrus: "Bu men bilan hech qachon sodir bo’lolmaydi."

Buni hech o’ylab ko’rganmisiz? Butrus o’shanda Iso va boshqa shogirdlar bilan o’sha kechada ketganda qaytishlariga juda amin edi. Qorong’u bo’lib hammani kayfiyati yomon edi. Birdan Iso to’xtab ularga gapira boshladi.

Iso: "Bu tun hammalaring Mendan yuz o’girib, tashlab ketasizlar."

Butrus: "Hech qachon. Agar hamma Sendan yuz o’girsa ham, men yuz o’girmayman."

Iso bizning yuragimizni biladi.

Iso: "Butrus, Men seni bilaman. Xo’roz qichqirmasdan avval, sen Mendan uch marta tonasan."

Butrus: "Rabbiy Iso, men hech qachon Sendan tonmayman; tonganimdan ko’ra o’lganim yaxshi."

Boshqa shogirdlar ham shunday dedilar. Lekin Iso ularni yaxshi bilardi.

Bundan keyin tez orada dushmanlar Isoni tutib, olib ketdilar, hamma shogirdlar esa Isoni tashlab qochib ketdilar. Butrus ham qo’rqib ketdi. Lekin Butrus ular Isoni nima qilishlarini ko’rish uchun uzoq masofadan kuzatib bordi.

Butrus: "Ular Isoni qayerga olib ketyabdilar? Oliy Kengash qarorgohigami? Menchi? Ularni e’tiborlarini jalb qilmasam ular meni hibsga olmaydilar."

Butrus Rabbiysining dushmanlarini oldiga o’tirdi. U hovlida ular bilan birga isinardi. U yer Butrus bo’lishi kerak bo’lgan to’g’ri joymidi? Isoning shogirdi, Isoni yomon ko’radiganlar bilan birgami?

1chi xizmatkor qiz: "Hoy sen, men seni taniyman. Sen menga tanish ko’rinyabsan. Sen ham Iso bilan birga edingmi?"

Butrus: "Men-a? Bu fikrni qayerdan olding? Nima deyayotganingni tushunmayabman."

2chi xizmatkor qiz: "Qaranglar, u Iso bilan birga edi."

Butrus: "Bu nato’g’ri. Men bu Odamni tanimayman."

Xizmatkor: "Sen ularning birisan. Kaloming ham aytib turibdi."

Butrus: "To’xta, bu bo’magan gap. Men Isoni tanimayman, deb aytyapmanku." (xo’rozning qichqirish ovozi)

Sarosimaga tushgan Butrus atrofga qaradi. O’sha paytda Isoni olib ketishyotgan edi. Iso o’tib ketayotib Butrusga xomush qaradi. Isoning bu nigohi Butrusning yuragigacha yetib bordi. Butrus bir necha soat oldin Isoning aytgan so’zlarini esladi.

Butrus Isodan tondi. Butrus juda afsuslandi. U tashqariga chiqdi-da achiq-achiq yig’ladi. Butrus Isodan tonganiga qaramasdan Iso uni sevishini bilarmidi?


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Iso, Butrus, ikkita xizmatkor qiz, xizmatkor

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:16 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)