Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 008 (Earthquake at midnight)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

8. Tundagi zilzila


Kema qirg’oqqa kelib to’xtadi. Pavlus va uning do’sti Sila Filippi shahriga kelib to’xtashdi.

Ular bozorlarda va ko’chalarda qayta va yana qayta:

Pavlus: “Xudo sizni sevadi. U O’zining O’g’lini dunyoga yubordi. Rabbiy Isoga ishoning va qutqarilasiz” – der edilar.

Lidiya bunga ishondi va Iso haqidagi hikoyani xursand bo’lib eshitdi. Boshqalar g’ashlanib va jahllari chiqib:

Olomon: “Ular to’palonni keltirib chiqaryabdilar! Biz buni eshitishni xohlamaymiz. Ularni bu yerdan haydab chiqaringlar!” – deb baqirar edilar.

Toshlar otishdi. Ko’p odamlar olomoni Xudo elchilariga qarshi birdaniga tashlanishdi. Ularni kiyimlarini yirtib kaltakladilar. Ularning orqalari kaltak zarbidan shilinib ketdi. Ularni oyoq qo’llarini kishanlab qorong’u, zah, zindonga tashladilar va u yerda ularni zindonbon qo’riqlar edi. Hamma yerlari og’rirdi va orqalari achishardi.

Muqaddas Kitobda biz qamoqqa tushgan bu imonlilarni: “Nimaga Xudo bunday bo’lishiga yo’l qo’ydi?” – deb noligan yoki so’raganlarini o’qimaymiz. Buning o’rniga ular kechasi Xudoni olqishlab qo’shiq aytdilar. Keyin shunday bo’ldi: Xudo qattiq yer qimirlashi bilan ularga yordam berdi. Ularning kishanlari yechilib qamoqxona eshiklari ochilib ketdi. Zindonbon qattiq ovozdan uyg’onib ketdi. Uning birinchi o’ylagan fikri ‘mahbuslar qochib ketishdi’ bo’ldi. U boshliqlaridan qo’rqib o’zini o’ldirmoqchi bo’lib qilichini olganda …

Pavlus: “Toxta! Zinhor o’zinga shikast yetkaza ko’rma. Biz hammamiz shu yerdamiz.”

Rostdan hech kim qochmagan edi. Vahimaga tushgan zindonbon Pavlusning oyoqlariga yiqildi.

Zindonbon: “Najot topishim uchun nima qilishim kerak?”

Pavlus: “Hech narsa qilishing kerak emas. Iso hamma narsani sen uchun qilgan. Bunga ishon va sen qutilasan.”

Bu qiyin emas edi. Zindonbon ishondi va o’zgardi. U mahbuslarga boshqa yomonlik qilmadi, aksincha ularga ovqat va yaralariga dorilar berdi.

Ertasi kun ertalab amaldorlar mirshablarni zindonbon oldiga Pavlus va Silani qo’yib yuborish uchun jo’natdilar. Va ularning o’zlari Pavlus va Silaning oldiga kelib nato’g’ri harakatlari uchun kechirim so’radilar. Bundan so’ng Pavlus va Sila ko’p joylarga borib ko’plarga:

Pavlus: “Rabbiy Isoga ishoning va siz najot topasiz va abadiy hayotga ega bo’lasiz” – dedilar.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Pavlus, olomon, zindonbon

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:27 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)