STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 031 (Alarm on the farm)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

31. Fermadagi qo'rquv


To’mni taniysizmi? U Janubiy Afrikadagi fermada yashaydi. Tug’ilgan kunida unga haqiqiy jo’jacha sovg’a qilishdi. To’m bular uchun qayg’urdi. Jo’jacha sekin asta jo’jaga aylanib tovuq bo’ldi. Jo’jani sariq patchalari sekin oq patga aylandi, natijada To’m jo’jani Oqhonim deb nomladi. U og’ilga unga in qurib berdi va har safar Oqhonim tuxum tuqqanda tuxum tuqqanini hammaga bildirar edi.

(ququllash)

Dalada boshoq baland va baland o’sganda Oqhonim boshqa tuhum qo’ymay qo’ydi.

To’m: “Oyi Oqhonimga nima bo’ldi? U boshqa tuhum tug’mayabdi va boshoq dalasida yo’qolib qoldi.”

Onasi: “Sabr qilib kutub turgin To’m.”

To’mning onasi gapirganda kulib qo’ydi. Bir necha hafta o’tganidan keyin onasi nimaga kulganini bilib oldi.

To’m: “Oyi, oyi qarang!”

Oqhonim daladan bir qancha jo’jalarni ochib kelyotgan edi. To’m xursand bo’lib ketdi.

(o’t o’chirish moshinasini ovozi (sirena))

Bir kuni yong’in chiqdi. Boshoq dalasi yonib ketdi. Yong’in fermagacha yetib keldi.

To’m: “Oqohonim qayerda? U …”

To’m hamma dalani qidirib chiqmagunigacha Oqhonimni nobud bo’lganligini o’ylashni xohlamadi. Lekin shunday bo’lgan edi. To’m oyog’ini tagida uni ko’rib qoldi. To’m uni olib qarasa tagida qo’rquvdan bir birini ustiga chiqib qumushib yotgan jo’jalar bor ekan.

To’m: “Bu qanday bo’lishi mumkin?”

Oyisi: “Hayvonlar xavf yaqinligini tez sezadilar. Yong’in yaqin kelganda jo’jalar himoya qidirib onalaridan topganlar. Tovuqlar qocha oladilar, lekin jo’jachalar qocha olmaydilar. Oqhonim o’zining bolalarini sevgan, shuning uchun ularni qanotlari ostiga olib ularni kuyishdan saqlab qolgan. Bolalari tirik qolishi uchun u o’zini qurbon qilgan.”

Otasi: “Isoning sevgisini ham shu bilan taqqoslash mumkin. To’m biz yashashimiz uchun Iso O’z xohishi bilan O’zini hayotini qurbon qilganini har doim esingda tursin.”


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, To’m, onasi, otasi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:23 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)