STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 013 (Gifts for Jesus)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

13. Iso uchun Tuhfalar


Toxir bobosining taxtadan o’yib yasagan o’yinchoqlarini tomosha qilar edi. Ular: cho’ponlar, Yusuf, Maryam va chaqaloq Iso bo’lib, juda ham haqiqiyga o’xshar edi. Ozgina vaqtdan so’ng Toxir charchab uxlab qoldi.

U Baytlahmdagi og’ilni tushida ko’rdi. Oh, men haqiqatdan ham oxurga yaqin bora olaman deb o’yladi Toxir.

U oxurga yaqinroq borib birdaniga hafa bo’lib qoldi. Shunda Iso unga dedi:

Iso: “Nimaga hafasan?”

Toxir: “Chunki men Senga birorta sovg’a olib kelmadim.”

Iso: “Xafa bo’lma. Men sendan faqat uch narsani xohlayman.”

Toxir: “Men o’zimdagi bor narsani Senga beraman. Elektr poezdimni, kompyuterimni va hokazolarni …”

Iso: “Yo’q, Men bu narsalarni sendan xohlamayman; buning uchun Men osmondan kelmaganman.”

Toxir: “Unda nimani xohlaysan?”

Iso: “Menga oxirgi matematikangni testini ber.”

Toxir: “Lekin men undan “0” olganman.”

Iso: “Men shuni xohlayman. Har doim hayotingdagi omadsiz narsalarni Menga olib kel. Shunday qilasanmi?”

Toxir: “Ha, qilaman.”

Iso: “Men xohlaydigan ikkinchi sovg’a bu sening ovqat idishingdir.”

Toxir: “Men uni Senga berolmayman, chunki men uni sindirib qo’yganman.”

Iso: “Men shuni xohlayman. Har doim hayotingdagi omadsiz narsalarni Menga olib kel. Shunday qilasanmi?”

Toxir: “Ha, qilaman.”

Iso: “Endi Mening uchinchi xohishim. Toxir, oying sendan ovqat idishing qanday sinib qolganini so’ragandagi sening bergan javobingni xohlayman.”

Shunda Toxir yig’lay boshladi va vijdoni qiynalardi.

Toxir: “Men … Men oyimni aldaganman.”

Iso: “Toxir, yolg’onlaringni, bo’ysunmasliklaringni, butun hayotingdagi har bir nato’g’ri ishlaringni Menga olib kelishing mumkin. Men seni kechiraman va to’g’ri yashashingga yordam beraman. Men har doim sen bilan birga bo’laman va hayot yo’lini senga ko’rsataman. Buni bajarasanmi?”

Va Toxir buni qanday bajardi? Isoga ishongandan va Unga quloq solgandan keyin, buni bajara oldi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Toxir, Isoning ovozi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 05:36 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)