Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 101 (Well-hidden 1)
101. Yaxshi yashiringan 1
Botir bolalik chog’ini quvonch bilan esladi. U: ”Menda chaqalog’im bor edi” – deganida biz hammamiz kuldik.
Ko’p-ko’p yillar oldin Misrda Maryam chaqaloq ukase borligidan juda xursand bo’lgan edi. Ukasi juda shirin edi! Leki Maryam ukasi haqida hech kimga aytolmagan. Fir’avnning dahshatli buyrug’i tufayli Maryamning onasi chaqaloqni yashirib qo’ygan edi.
Fir’avn: "Isroil xalqi ko’payib boryabdi. Men ular dushmanimiz bo’lishidan qo’rqyabman. Odamlarimga: Isroil ayollaridan tug‘ilgan har bir o‘g‘il bola Nil daryosiga uloqtirilishi‘ haqida buyruq beraman."
O’ldirish haqidagi dahshatli buyruq! Fir’avn Isroilliklarni qulqilishga majbur qilgani yetmas edimi?
Lekin chaqaloqni ota-onasi Xudoga ishondilar va chaqaloqni uch oy yashirib yurdilar. Xudoning ko’rinmas qo’li chaqaloqni asradi. Lekin bola o’sgan sari uni boshqa yashira olmadilar.
Maryam: "Oyi, bu qamishlarni nima qilyabsiz?"
Onasi: "Men savat to’qiyabman. Bu savatning qopqog’i. Iltimos u saqich qatronni beribyubor."
Maryam: "Savat sizga nima uchun kerak?"
Onasi: "Savat suv o’tkazmaydi. Maryam bebaho xazinamizni berib yuborishimiz kerak."
Maryam: "Ukamni nima qilmoqchisiz?"
Onasi: "Men uni savat ichiga solib Nil daryosining qirg’og’idagi baland o’tlar ustiga qo’ymoqchiman."
Maryam: "Keyinchi?"
Onasi: "Keyin biz Xudoning ko’rinmas qo’li qanday unisaqlashini kutib kuzatib turamiz."
Ular asta daryo yoniga bordilar. Bu onasi uchun oson emas edi, lekin u Xudoga ishongani uchun shunday qildi.
Onasi: "Maryam, qamishzor ichiga yashirinib nima bo’lishini kuzatib tur. Men bu yerda turmasligim kerak, uyga ketishim kerak."
Kimdir keldi. Fir’vnning qizi kanizaklari bilan Nil daryosining qirg’og’iga cho’milgani kelgan edi.
Malika: "U nima narsa? Ajoyib savatni menga olib keling."
Maryamning yuragi tez ura boshladi. Malika ukasini Nil daryosiga uloqtirib yuboradimi? (chaqaloqning yig’i ovozi)
Malika: "Bu Isroillik o’g’il bola chaqaloq-ku. Unga juuuuda rahmim kelyabdi."
Maryam yashirinib turgan joyidan chiqdi.
Maryam: "Borib, Ibroniy ayollaridan birortasini chaqirib kelaymi? U enagalik qilib, sizga chaqaloqni boqib berardi."
Malika: "Bu zo’r fikr. Bor shunday qil."
Siz Maryam kimni topib kelganini tasavvur qilolasiz. Chaqaloqning o’zini onasi chaqaloqni olib ketib ko’p yillar chaqaloqqa g’amho’rlik qilishiga ruxsat berildi. Xudoning ko’rinmas qo’li ularni ajoyib qutqargani uchun ular Xudoga chin dildan minnatdor bo’ldilar. Xudo ko’pincha sizni himoya qilganligi to’g’ri, shunday emasmi? Uning himoyasi uchun minnatdorchilik bildiring.
Ishtrokchilar: Hikora aytuvchi, Fir’avn, Maryam, Onasi, malika
© Copyright: CEF Germany