Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 091 (Who is the thief 3)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

91. O'g'ri kim 3


Ringu va Battu oq chet ellikni karobkadan moshinaga shunurni ulashini tomosha qilardilar.

Keyin oq devor o’rnatildi. Kichik Hind qishlog’ida odamlar uchun bu narsalar birinchi sodir bo’layotgandi. Oldin ular hech qachon kino ko’rmagandilar.

Sohib Grub: "Xudo sizni sevadi. U yo’lg’iz O’g’lini dunyoga yubordi. Uning ismi Isodir. U bizga o’xshagan odam qiyofasida keldi, lekin U gunohsiz edi. Xudo gunohni yomon ko’radi va gunohni o’lim jazosi bilan jazolaydi. Lekin Iso bu jazoni O’z bo’yniga olib O’z xohishi bilan bizning o’rnimizga xochda o’ldi. Keyin Xudo Isoni o’limdan tiriltirdi. Isoga ishoninglar. Shunda sizlar qutqarilasizlar va samoda uylaring bo’ladi."

Film tugadi. Pandu kichik arfani cholib ashula aytdi. Sohib Grub bilan gaplashmoqchi bo’lganlarni kutib Sohib Grub to’xtab turdi.

Ringu: "Sohib, qancha bu yerda qolasizlar? Men Xudo haqida ko’proq eshitmoqchidim.“

Sohib Grub: "Biz ertaga keyingi qishloqqa boramiz. Lekin biz boshqa yana ko’rishamiz."

Ringu va Battu uylariga ketishlari kerak edi. Moshinadagi musiqa asbobi arfa … kimdir uni ko’rdimi? Bu aka-ukalar arfani karobkasi bilan olib qorong’uga qarab kirib ketdilar. Ular arfani eski bir naves tagiga yashirib qo’ydilar.

Tun ular uchun qo’rqinchli bo’ldi. Vijdonlari qiynalganidan emas, aksincha yovvoyi hayvonlarni hujum qilishidan qo’rqishardi.

Tun oy nurida juda yorug‘ edi.

Ringu: "Battu, anavu yerda nimadir qimirlayabdi. Yo’lbars. U aniq yo’lbars edi. Uni ko’zin yaltiraganini ko’rdim."

Battu: "Uni tushingda ko’rdingmi?"

Ringu: "Yo’q! Men haqiqiy yo’lbarsni ko’rdim."

Ertasiga ertalab qishloqda yomon habar tarqaldi.

Kishi: "U yo’lbars edi. Odam yeydigan yo’lbars."

Ayol: "Nima? Qachon? Qayerda?"

Kishi: "Keyingi qishloqda bitta odamga yo’lbars hujum qilibdi."

Ringu: "Biz ham yo’lbarsni ko’rdik."

Eski ovchi o’zini yaxshi fikrini aytmagunigacha, hamma havotirga tushdi!

Ovchi: "Yo’lbarsni o’ldirishning eng yaxshi yo’li, buqani so’yib ko’lning bo’yiga qoyishdir. Biz qurollarimiz bilan katta daraxt tagida poylab o’tiramiz. Buqani qoniga yo’lbars keladi. Yo’lbars kelib buqani yeyishni boshlaganida biz uni otib o’ldiramiz."

Kishi: "Ringu, borasanmi ovga? Bizga sening yordaming kerak."

Ringu ular bilan ovga borishga tanlanganidan g’ururlanib ketdi. Lekin shu bilan birga u qo’rqar ham edi. Yo’lbarsni ovlash juda xavflidir. Bu ov dahshatli bo’lishi mumkin, agar …

Siz keying hikoyada ovga borishingiz mumkin.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Sohib Grub, Ringu, Battu, ovchi, kishi, ayol

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)