STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 064 (On the run) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
64. ErkinlikHozir sizni eshitishingiz – bu zo’rdir! Mavlud bayramini yaxshi nishonlab oldingizmi? Dunyodagi ko’p odamlar Mavlud bayramini nishonlaydilar va abadiy Shoh tug’ilganiga xursandlar. Lekin 2000 yil oldin bir inson Isoni tug’ilganidan xursand bo’lmagan. Bu shoh Hirod edi. Hirod taxtini yo’qotib qo’yishdan qo’rqdi. Shuning uchun U munajjimlardan Isoni qayerdaligini bilishi bilan Uni o’ldirmoqchi bo’ldi. Lekin munajjimlar Quddusga qaytib kelmadilar. Munajjimlarning tushida Xudo ularga Quddusga bormaslikni aytdi. Xudo aytdi: "Shoh Hirodning oldiga qaytib bormanglar. Uylaringga boshqa yo’l bilan ketinglar." Munajjimlar Xudo aytganidek qilishdi. Kim Isoni shaxsan bilsa Unga bo’ysunadi. Munajjimlar uylariga boshqa yo’l bilan qaytib ketdilar. Shunga qaramay xavf ketmagan edi. Shunday qilib Xudo Yusufga tushida nima qilish kerakligini aytdi. Xudo aytdi: "O’rningdan tur! Chaqaloqni va onasini olib Misrga qoch. Men senga aytmagunimgacha o’sha yerda qol. Chunki Hirod chaqaloqni topib o’ldirmoqchi." Yusuf Xudoni sevar edi va darhol Xudoga bo’ysundi. Sizga ham Xudo biror narsa qilishni aytsa bo’ysunasizmi? Tunda Yusuf turib, chaqaloq bilan Maryamni olib Misrga jo’nadi. Hirod munajjimlarni qaytib kelmasligini tushunib yetdi. Bundan g’azablangan Hirod bunday shavqatsiz buyruq berdi: Hirod: "Ikki yoshdan kichik hamma chaqaloqlarni o’ldiringlar. Bu buyruq bilan Baytlahm va uning atrofidagi hamma chaqaloqlar o’ldirilsin." Hirod jinnimidi? U buyrug’i bilan odamlarning g’am-qayg’u chekishlariga sabab bo’ldi. Lekin Hirod chaqaloq Isoni topolmadi. Hirod Isoga zarar yetkazolmadi. Iso uch yosh bo’lganida qahrli Hirod o’ldi. Bu Yusufga uning tushida aytildi. Xudo aytdi: "O’rningdan tur! Chaqaloq va onasini olib Isroil yurtiga qaytib bor. Chaqaloqni o’ldirmoqchi bo’lganlar olamdan o’tdi." Xudo Yusufga ikki marta qaytarmadi. Yusuf Xudoning so’ziga ishonib bo’ysundi. Yusuf Maryam va Isoni olib vatanlariga qaytib ketdilar. Iso Xudo aytganidek Isroildagi kichkina shahar Nosirada o’sib ulg’aydi. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Xudoning ovozi, Hirod Copyright: CEF Germany |