Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 063 (Sammy‘s discovery)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

63. Sammiyning kashfiyoti


New York ko’chalarida sovuq shamol esardi. Sammiy shapkasi bilan quloqlarini berkitdi. Har kuni kechki payt u otasi bilan sayr qilardi. Moshinalar o’tardi, to’rmoz bosilgandagi chiyillagan ovozlar eshitilardi va ayollar to’la sumkalari bilan avtobusga boradigan yo’llarni ochib borar edilar.

Hamma shoshilar edi.

Sammiy: "Dada u qanday niqta?"

Otasi chuqur o’yga botgancha so’radi:

Otasi: "Nimani so’rayabsan?"

Sammiy: "Yulduzni dada, yulduzni! Siz uni ko’rmayabsizmi?"

Otasi uylardan birining oynasiga qaradi. U yerda qorong’uda nuri yulduzga o’xshab porlayotgan sham yonib turardi.

Otasi: "U yerda ota-ona o’g’illari uchun sham qo’yganlar. Ularning o’gli hozir uzoqda urushda dushmanlar bilan urushyabdi. Ularni yengsa keyin shamni o’chirishadi."

Ular uzoq sayr qilishdi, otasi ichida: men hech qachon o’glimiz uchun sham qo’ymayman deb umid qilaman.

Sammiy yulduzga qarashda davom etardi.

Sammiy: "Dada, u yerda yana bor ekan. Ana bu yerda ham yana bor ekan. Qarang bir oynani oldida ikkita sham bor ekan. Menimcha bu oilani ikkita o’gli urushda bo’lsa kerak."

Ko’chani oxirida Sammiy boshini ko’tarib qaradi va birdan to’xtab qoldi. U tushuntirib bo’lmaydigan narsa sodir bo’lganday ho’rsindi.

Sammiy: "Dada, u yerga qarang!"

Dadasi qarab, qorong’u osmondagi yulduzni ko’rdi.

Sammiy: "Xudoning ham O’g’li bormi? Xudo ham oynaga yulduz qo’yib qo’yibdi."

Otasi: "Ha, Xudoni yagona O’g’li bor. Xudo O’g’lini bu dunyoda shayton bilan jang qilgani yuborgan. Va Xudoning O’g’li yutib chiqqan! Qurol bilan emas, aksincha sevgi bilan. Bu sevgi shundan iboratki U O’zining hayotini qurbon qilgan. Lekin U hatto Uni xochga mixlagan dushmanlarini ham sevgan. Xudo Uni o’liklardan tiriltirdi. U orqali biz Xudo bilan va boshqa odamlar bilan tinchlikka egamiz."

Keyinroq Sammiy oyna oldidagi shamlarni va bu dunyodagi shayton bilan jang qilib O’zining hayotini bag’ishlagan Zot to’g’risida tez-tez o’ylaydigan bo’ldi.

Iso bizga tinchlik olib keldi. Va qo’rquv va g’am olib keladigan urushlar hali ham bo’lyabdi. Bombalar va o’qlar ko’p odamlarning hayotini nobud qilyabdi. Lekin Xudoning yulduzi nobud qilmaydi. Iso Masih deb chaqiruvchiga najot va tinchlikni Beruvchini hech kim yo’q qilolmaydi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, otasi, Sammiy

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 09:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)