STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 006 (9 to 1) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
6. 1 ga 9Shogirdlar Rabbiy Iso bilan uzoq yurishdi. Muqaddas Kitobni o’qiganingizda ular bilan butun Isroilni aylanib chiqasiz. Iso kasallarni shifolaganda, samodagi Otasiga ibodat qilganida, bo’ronni faqatgina so’zi bilan tinchitganida shogirdlar u yerda bo’lish imtiyoziga ega bo’ldilar. Luqo bayon etgan Xushxabarida Iso shogirdlari bilan chang ko’chalardan yurib Samariya va Jalila oralig’idagi bir qishloqqa keladilar. Moxovlar: “Iso, Rabbiy, bizga yordam ber!” Bu o’nta moxov Isoni nima deb tan olganlaridir. Shogirdlar yaqinroq kelib qarasalar bu o’nta odam moxov ekanlar. Moxovlik tanadagi kichik yaradan boshlanib butun tanani yeb bitiradigan yomon kasallikdir. Moxovlar jamiyatdan quvib chiqarilgan odamlar bo’lganlar. Ular g’orlarda yoki dalalarda yashashlariga to’g’ri kelgan. Ularni biror kimga tegishiga ruxsat berilmagan. Hamma ulardan qochgan. Lekin Iso ulardan qochmagan. Moxovlar: “Iso, bizga yordam ber!” Iso: “Ruhoniyga boringlar. U sizlarni ko’rib qo’yadi.” Bu so’zlar bilan Iso ularni ma’bad xizmatini olib boradigan va shifokorlik ham qilib turadigan odamni oldiga yubordi. Faqat ruhoniygina ularga sog’ayganlik haqidagi ruxsatnomani beradigan odam edi. Darhol o’nta moxov yo’lga otlandilar. Yo’lda ketayotganlarida ular bir narsani payqab qoldilar: Moxovlar: “Biz shifo topdik! Bizning tanamiz yana sog’dir!” Ulardan bittasi orqaga qaytdi va Rabbiy Isoni oldiga yugurdi. Isoning oldiga yetib borib Uning oldida tiz cho’kdi. Moxov: “Men yana sog’ayganim uchun raxmat, Rabbiy! Katta raxmat!” Iso bu xursand odamga qaradi va hafa bo’lib so’radi: Iso: “Men o’nta odamni shifolamaganmidim? Qolgan to’qqiztasi qani? Faqat bittasi menga raxmat aytgani qaytdimi?” Ha, faqatgina bittasi! Faqat bittasi minnatdor bo’ldi. Va sizchi? Bir kunda Isoga necha marta raxmat aytasiz? Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, o’nta moxov, Iso Copyright: CEF Germany |