Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 092 (A man-eating tiger 4)
92. Insonni yeydigan yo'lbars 4
Sohib Grub: "Ringu, nima bo’ldi? Nimaga asabiy ko’rinasan?"
Ringu: "Sohib, biz yo’lbars ovlagani ketyapmiz. Odamho’r yo’lbars qishlog’imiz atrofida aylanib yuribdi."
Sohib Grub: "Sen ovga ketyabsanmi?"
Ringu: "Ha! Lekin yo’lbars menga hujum qilsa yoki yovuz ruh kelsa nima bo’larkin?"
Sohib Grub: "Seni homoya qiladigan Zot bor. U kuchli va hamma narsani qila oladi. Yana U yovuz ruhlardan ham kuchlidir. U Isodir! Muqaddas Kitobda Iso bizni yovuz ruhlarning kuchidan ozod qilgani kelganligi aytiladi."
Ringu: "Rostdan ham Iso ulardan kuchlimi?"
Sohib Grub: "Ha, U eng qudratlidir!"
Ringu: "Men Isoga siz ishonganingizdek ishonishni xohlayman."
Ringu unga Iso kerakligini aniq tushundi. Ringu ibodat qilib Isoni hayotiga taklif qildi. U ko’rinmas Xudo bilan gaplashib Iso uni eshitganiga aniq va aniq ishondi.
Sohib Grub: "Ringu, sen har doim Iso bilan gaplashishing va hatto yo’lbars ovida ham Isodan yordam so’rashing mumkin."
Bir necha soatlardan keyin ular ovga jo’nab ketdilar. Ovchi miltig’ini, Ringu esa belgi beruvchi chirog’ini oldi. Ular sekin ko’l oldidagi daraxtga chiqdilar. Ular atrofga e’tibor bilan qarar edilar. Ringu sekin ibodat qildi.
Ringu: "Rabbiy Iso, iltimos yo’lbars yana boshqa odamlarni o’ldirmasidan biz uni o’ldirishimizga yordam ber. Ana buni ko’ryabsizmi? U yerda nimadir qimirlayabdi."
Ringu dadasini qo’lini mahkam ushlab oldi. Yo’lbars buqa qo’yilgan joyga kelib buqaga tashlanib yeb yubordi. Yo’lbars daraxt tepasiga qaragandi keyin o’q otildi. (o’qning otilish ovozi)
Otasi: "Eh! O’qni tegdira olmadim!"
Kishi: "Ehtiyot bo’l! U bizning oldimizga chiqish uchun kelyabdi!"
Otasi: "Ringu, chiroqni ko’ziga yoq. Ko’zini chiroq bilan qamashtir!"
Ringu: "Yordam bering, chiroqning nuri rosa pastku. Rabbiy Iso, men nima qilishim kerak?"
Ringu qattiq kuch bilar chiroqni yerga tashlab yubordi. Yo’lbars chiroqqa sakrab tushdi. Unga o’q otishdi.
Yo’lbars sakrab-sakrab orqasi bilan aylandi, jarohatlangan edi. Ringuning otasi miltig’ini o’qlab, yo’lbarsni otdi (otilgan ovoz), keyin xavfli hayvon o’ldi.
Hammalari erkin nafas oldilar, Ringu ichida ibodat qildi.
Ringu: "Xudo, Senga katta raxmat. Sen bizga yordam berding!"
Xudo hech kimni tashlab qo’ymaydi. Sizda qanday holatlar sodir bo’lgan?
Xudo sizning ibodatlaringizga qanday javob berganini yozishingiz mumkin.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ringu, Sohib Grub, otasi, kishi
Copyright: CEF Germany