STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 033 (Farewell from the mountain)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

33. Tog'dagi xayirlashuv


Bola: “Urra! Biz payshanba kuni maktabga bormaymiz, chunki bu kun bayramdir!”

Qiz: “Qaysi bayram?”

Bola: “Ko’tarilish bayrami.”

Qiz: “Bu nimani bildiradi?”

Bola: “Hmm, men bu haqida aniq bilmayman.”

Senga tushuntirib beraymi?

Bola: “Ha, biz bilishni xohlaymiz.”

Ko’tarilish Kuni Iso O’zining yerdagi vazifasini amalga oshirganidan so’ng osmonga qaytib ketganini bizga eslatadi. Bu Fisih bayramidan keyin to’rt kundan keyin amalga oshdi. Bu to’rt kun davomida Iso shogirdlariga qayta, qayta ko’rindi. Ular Isoni ko’rdilar, eshitdilar va U bilan birga ovqatlandilar. Bir kuni u o’sha paytning o’zida 500 dan ko’proq odamlarga ko’rindi.

Fisih bayramidan keyingi to’rt kundan keyin Iso shogirdlarini Zaytun Tog’iga olib bordi. U ular bilan yolg’iz qolib ketishidan oldin muhim narsa haqida gaplashishni xohladi.

Iso: “Men topshiriqni bajardim. Endi butun dunyodagi odamlarga borib Men ular uchun o’lganimni va tirilganimni aytinglar. Ularga ular Mendan ularning Rabbiylari bo’lishimni so’rashlari kerakligini va keyin bir kun Men bilan osmonda bo’lishlarini aytinglar. Men sizlar bilan har doim birga bo’laman va boshqalarga Men to’g’rimda aytishlaring uchun kuch beraman.”

Keyin Iso qo’llarini ko’tarib shogirdlarini duo qildi. U ko’tarilib birdaniga yo’qolib qoldi va Xudoning ko’rinmas dunyosiga kirib ketishi bilan bulutlar Uni ularning nigohidan yashirib oldi.

Bola: “Va Iso hozir osmonda nima qilyabdi?”

U hamma narsani boshqaryabdi, U bizning ibodatlarimizga javob beryabdi va biz uchun Xudoga shahodat (ibodat) qilyabdi.

Va Isoga ishonib tavba qilganlarga U jannatda yashashlari uchun joy tayyorlayabdi.

Qiz: “Men buni Muqaddas Kitobda o’qiganman. Bu yerda, Iso aytgan: Otamning uyida maskan ko’p; Men sizlarga joy tayyorlagani ketyabman” (Yuh. 14:2).

Bola: “Shogirdlar Iso ular bilan boshqa birga bo’lmaganidan hafa bo’lmadilarmi?”

Yo’q, umuman hafa bo’lmadilar. Uning bergan va’dasi ularga dalda berdi.

Bola: “Qanday va’da?”

Men sizlarga keyingi hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bola, Qiz, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 09, 2017, at 06:28 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)