STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 116 (Bill‘s special Christmas tree)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

116. Billning mahsus Masihning tug'ilish bayrami daraxti


Bahrom: "Dahshat! Hamma archalar sotilib bo’linibdi. Oyi siz ko’p kutib qoldingizda."

Onasi: "Men kechroq sotib olsak, o’shanda archalar arzonroq bo’ladi deb o’ylabmanda. Sen bilasan bizda ko’p pulyo’q."

Bahrom: "Ra’no kecha archa uchun ibodat qilgan edi. U va boshqa qizlar archa tugaganidan xafa bo’ladilar."

Bahrom otasi haqida o’yladi. Otasi tirikligida ular har doim archani erta sotib olar edilar. Otasisiz hamma narsa o’zgarib ketgan.

Onasi: "Bahrom, u yerda bitta archa turibdi. Salom, menga u archani ko’rsating iltimos, uni sotib olishni xohlayman."

Kishi: "Men uni sotmayman. U archa mening farzandlarimga. Agar bugun uyga ularga archa olib bormasam ular xafa bo’ladilar. Mavlud bayramlaring bilan!"

U kishi ketdi. Bahrom va Onasi yerda yotgan archa shohchalarini to’plab uyga olib ketdilar. To’rtta xafa bo’lgan qizlar eshik oldiga keliboq so; radilar:

Qiz: "Archa olib keldilaringmi?"

Onasi: "Yo’q. Kechirasizlar."

Ular jimgina kechki ovqatni yegani stol atrofiga o’tirdilar. Ibodat qilish navbati Ra’noniki edi.

Ra’no: "Aziz Rabbiy Iso, men Sendan archa so’ragan edim. Sen meni eshitmadingmi? Lekin bu uchun boshqa qayg’urmagin. Endi kech bo’ldi. Raxmat Senga bizga yeyish uchun ovqat berganing uchun. Omin."

Kechqurun qizlar yotganlarida, Bahromda bir g’oya tug’ildi. Supurgiga ilgichlar qilib archa shohlarini sim bilan bog’ladi. U supurgini turishi uchun chelakka joylashtirdi va atrofini jigarrang qog’oz bilan o’rab chiqdi.

Onasi: "Bahrom, archa chiroyli chiqibdi. Men bezaklarni va tepasiga qo’yish uchun farishtani olib chiqaman. Qizlar hayron qolishadi."

Hammadan ham ko’ra Ra’no xursand edi.

Ra’no: "Bahrom, bu bizda bo’lgan archalarning eng chiroylisidir. Iso ibodatimga rostdan javob berdi."

Xursand bolalar onalarini yoniga o’tirdilar, onasi ularga Mavlud bayrami hikoyasini baland o’qib berdi.

(kitob varog’ini ochish ovozi)

Onasi: "Maryam o’zining to‘ng’ich o‘g’lini tug‘di. Uni yo‘rgaklab, oxurga yotqizib qo‘ydi."

Onasi Isoni xochga mixlanganligi haqida ham nimaga o’qib berdi?

Onasi: "Rabbiyning xochi haqiqatdan ham daraxt bo’lgan. U daraxt Mavlud bayramining archasidan ham muhimdir. Oxur va xoch bir-biriga bo’gliqdir. Iso yeryuziga biz uchun o’lgani kelgan. Mavlud bayrami xochsiz hech qanday ma’noga ega emasdir."


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Bahrom, Onasi, kishi, qiz, Ra’no

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 03:21 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.140)