STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 065 (Missing for three days)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

65. Uch kundan beri bo'lgan sog'inch


(Sayohatchilarning yo’lda yurayotgan ovozi)

1chi sayohatchi: "Bu bayramni anchagacha esimdan chiqarmayman."

2chi sayohatchi: "Ajoyib bo’ldi."

1chi sayohatchi: "Biz imtiyozlimiz. Bizda bizni ozod qiladigan Xudomiz bor. Keyingi yil men yana Quddusga boraman."

Maryam: "Sizlarga tinchlik bo’lsin. O’g’limizni ko’rmadilaringmi?"

Yusuf: "U yo’qolib qoldi. U 12 yoshda."

2chi sayohatchi: "Balki u oldinda boshqalar bilan ketgandir."

Maryam va Yusuf Isoni qidirishdi. Ular Quddusga birinchi marta kelishlari edi. Iso yo’lda birdan yo’qolib qoldi.

Maryam: "Yusuf men Iso uchun havotir olyabman."

Yusuf: "Biz orqaga qaytib Isoni shahardan qidirishimiz kerak."

Ular hamma yerdan 12 yoshar o’g’illarini so’rab chiqdilar. Hech kim Isoni ko’rmagan edi. Uch kundan keyin va nihoyat ular Isoni ma’baddan topdilar. Ular Isoni Xudoning uyida muallimlar orasida Xudoning So’zini fikrlashib ularning savollariga fahm-idrok bilan javob berayotganiga hayron qoldilar.

Maryam: "O’g’lim bu nima qilganing? Nimaga bu yerda qolding? Biz seni hamma yerdan qidirib, havotir oldik."

Iso: "Nega meni qidirdingizlar? Men Otamning uyida bo’lishim kerakligini nahotki bilmasangizlar?"

Iso birinchi marta Xudoni Otam deb atadi va shu yo’l bilan U O’zini Xudoning O’g’li ekanligini bildirdi.

Xudoning O’g’li Iso sizdek bola bo’lgan. U mutloq odam bo’lgan. U sizdek kulgan va yig’lagan. Sizdek yegan va uxlagan. Sizdek o’qigan. Ota-onangizga quloq solganingizdek, Iso ham ota-onasiga quloq solgan. Men sizni kulganingizni eshityabman! Ota-onangizga har doim ham quloq solmaysizmi?

Muqaddas Kitobda: Bolalar ota-onalaringni xurmat qilinglar deyiladi. Iso har doim ota-onasiga quloq solgan. Iso hech qachon gunoh ish qilmagan yoki aytmagan. U hech qachon yolg’on gapirmagan, hech qachon o’g’irlik qilmagan. U gunohsiz bo’lgan. Bo’ysunish Iso uchun quvonch bo’lgan. Shuning uchun Iso Maryam va Yusuf bilan Nosiraga qaytib ketdi.

Agar siz Isoga quloq solishni xohlasangiz, Iso Uning namunasiga ergashishingizga yordam beradi. Isodan so’rang va U sizning hamma quloqsizliklaringizni kechiradi.

Siz Iso bilan yashashni tanlasangiz, U sizga Xudoni mamnun qilib yashashga yordam beradi.

Iso yuragingizda yashasa, hatto ahlatni tashish yoki idish yuvadigan moshinaga idishni toshish ham qiziq bo’ladi. Iso bilan yashashga harakat qilish qadrlidir


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita sayohatchilar, Maryam, Yusuf, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 09:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)